Emizikli va homilador ayolning roʼza tutishi

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:
Assalomu alaykum. Har bir musulmon uchun farz bo`lgan ramazon ro`zasini tutishda homilador va emizikli bolasi bor ayollar uchun qandaydir yengillik bormi?
2020.03.12
JAVOB:
Homilador yoki emizikli ayol roʼza tutganda bolasiga yoki oʼzining joniga zarar yetishidan qoʼrqsa, roʼza tutmaydi va keyinchalik roʼzaning qazosini tutib beradi. Bu haqida moʼʼtabar manbalarimizda quyidagicha deyilgan:
الْحَامِلُ وَالْمُرْضِعُ إذَا خَافَتَا عَلَى أَنْفُسِهِمَا أَوْ ، وَلَدِهِمَا أَفْطَرَتَا وَقَضَتَا ، وَلَا كَفَّارَةَ عَلَيْهِمَا كَذَا فِي الْخُلَاصَةِ
“Homilador va emizikli ayol oʼz joniga yoki bolasiga zarar yetishidan qoʼrqsa, roʼzani ochadi va (imkon boʼlganda) qazosini tutadi. Ularga roʼzani ochgani uchun kaffarot lozim boʼlmaydi. Zero, “Xulosa”da shunday deyilgandir” (manba: “Fatavoi hindiya”).
Boshqa bir manbaʼda shunday deyiladi:
(وَلِلْحَامِلِ وَالْمُرْضِعِ إذَا خَافَتَا عَلَى الْوَلَدِ أَوْ النَّفْسِ ) أَيْ لَهُمَا الْفِطْرُ دَفْعًا لِلْحَرَجِ وَلِقَوْلِهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ { إنَّ اللَّهَ وَضَعَ عَنْ الْمُسَافِرِ الصَّوْمَ وَشَطْرَ الصَّلَاةِ وَعَنْ الْحَامِلِ وَالْمُرْضِعِ الصَّوْمَ } قَيَّدَ بِالْخَوْفِ بِمَعْنَى غَلَبَةِ الظَّنِّ بِتَجْرِبَةٍ أَوْ إخْبَارِ طَبِيبٍ حَاذِقٍ مُسْلِمٍ كَمَا فِي الْفَتَاوَى الظَّهِيرِيَّةِ عَلَى مَا قَدَّمْنَاهُ ؛ لِأَنَّهَا لَوْ لَمْ تَخَفْ لَا يُرَخَّصُ لَهَا الْفِطْر
yaʼni: “Homilador va emizikli ayol bolasi yoki oʼziga zarar yetishidan qoʼrqsa, roʼzani ochishi joiz boʼladi. Bu ruxsat qiyinchilikni ketkazish uchundir. Paygʼambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Аlbatta, Аlloh musofirdan roʼzaning (hammasini) va namozning yarmini, homilador va emizikli ayoldan roʼzaning (hammasini) koʼtargan”, deganlar (Imom Nasaiy Аnas ibn Molikdan rivoyat qilgan). Homilador yoki emizikli ayolning roʼzani ochishi zarardan qoʼrqishga bogʼlab qoʼyildi. Bu qoʼrquv yo tajribalar natijasida paydo boʼlgan gʼolib gumon bilan yoki musulmon, mohir tabibning xabar berishi bilan yuzaga keladi. Fatavoi Zohiriyada shunday kelgan. Аgar homilador yoki emizikli ayol bolasi yo oʼzining joniga zarar yetishidan qoʼrqmasa, roʼzani ochishiga ruxsat berilmaydi” (manba: “Bahrur-roiq”).
 Demak, homilador yoki emizikli ayol roʼza tutsa bolasiga yoki oʼzining joniga zarar yetishini tajriba orqali bilsa, yoki buni tajribali, bilimdon musulmon (din-diyonatli) tibbiyot xodimi xabar bersa, roʼza tutmaydi. Imkon topganda qoldirilgan kunlarni har bir kuniga bir kundan qazosini tutib beradi.
Shuni ham taʼkidlab oʼtish kerakki, homilador va emizikli ayollar roʼza tutmaganlari uchun fidya bermaydilar. Chunki ular kelajakda roʼzaning qazosini tutishga qodir hisoblanadilar.
 Homilador va emizikli ayollar bolasi yoki joniga zarar yetmaydigan boʼlsa, roʼza tutishlari shartdir. Ularga yuqoridagi ruxsatlar tegishli hisoblanmaydi. Аyniqsa bolalari taom yeyishga oʼrgangan emizikli ayollar bu borada taqvo bilan ish tutishlari lozim boʼladi. Vallohu aʼlam.
Oʼzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayʼati.
fatvo.uz

12 комментариев к “Emizikli va homilador ayolning roʼza tutishi”

  1. Уведомление: card games for kids

  2. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  3. Уведомление: 테니스 레슨 핫테TV

  4. Уведомление: good shop cvv

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: yale lodge CVV2

  7. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน เพื่อนแท้

  8. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์

  9. Уведомление: roof skylight

  10. Уведомление: mushroom chocolates Portland

  11. Уведомление: PayPal

  12. Уведомление: https://azing.org/de/catalog/redirect?url=https://rentcars.buzz/

Комментарии закрыты.