Qazosi bor kishi nafl namoz o`qishi mumkinmi?

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:

Ёшим 34 да. Бир йилдан бери намоз ўқияпман. Намозни бошламасдан аввалги намозларни қандай адо қиламан? Бир танишим суннат намозларининг ўрнига ракатлари тўғри келадиган фарзларнинг қазосини ўқиб юришни тавсия қилди. Шундай қилиш мумкинми?

2020.03.09

JAVOB:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Qazosi bor odam ta’kidlangan sunnat namozlarni o‘qiyveradi. “Sunnatlarni tark qilib, o‘rniga rakati to‘g‘ri keladigan qazo namozlarini o‘qishkerak”ligi haqida biror ko‘rsatma yo‘q. Balki, fiqhiy manbarimizda buning aksini uchratishimiz mumkin. Masalan, “Fatovoi hindiya” kitobida shunday deyiladi: “O‘qilmay qoldirilgan namozlarning qazosini o‘qish nafl namozlar bilan mashg‘ul bo‘lishdan ko‘ra yaxshiroq va muhimroqdir. Lekin mashhur sunnat namozlari, Zuho namozi, Tasbeh namozi va xabarlarda zikr qilingan, ichida ma’lum suralar va mashhur zikrlari bo‘lgan namozlar bundan mustasno (ya’ni, ular o‘qilaveradi). O‘qilmay qoldirilgan namozlar qazo niyatida, nafl namozlar esa nafl niyatida o‘qiladi”.

“Qazo namozlarini o‘qishga belgilab qo‘yilgan vaqt yo‘q. Faqat namoz o‘qish mumkin bo‘lmagan vaqtlar: quyosh chiqayotgan, tikkaga kelgan va botayotganda o‘qib bo‘lmaydi. Qazo namozini jamoat bo‘lib o‘qilsa, jahriy namozni jahriy, maxfiy namozni maxfiy o‘qiydi (“Fatvoi Hindiya”).  Qazo namozlarga niyat qilganda uning eng avvalgi yoki eng keyingi qazosini o‘qishni niyat qildim deyish tavsiya etiladi. Masalan, bomdod namozining niyatidi: “Niyat qildim qazo bo‘lgan eng avvalgi bomdod namozining farzini o‘qishni, yuzimni qiblaga qaratgan holda, xolisan lillohi taolo allohu akbar”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  fatvo hay’ati.

17 комментариев к “Qazosi bor kishi nafl namoz o`qishi mumkinmi?”

  1. Уведомление: buy DMT vape pen

  2. Уведомление: Pgslot

  3. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  4. Уведомление: blue meanie yellow submarine

  5. Уведомление: nova88

  6. Уведомление: บาคาร่า

  7. Уведомление: บุหรี่ไฟฟ้าพร้อมสูบ

  8. Уведомление: instagram followers

  9. Уведомление: 토토굿게임

  10. Уведомление: 토토벳스핀

  11. Уведомление: sbobet

  12. Уведомление: Firearms For sale online

  13. Уведомление: right here

  14. Уведомление: u trippy mane

  15. Уведомление: Asbestos Abatement Stitzer

  16. Уведомление: https://exotichousedispensary.com/product-tag/kaws-moon-rocks/

  17. Уведомление: you could try here

Комментарии закрыты.