Everest tog’i 8848 metr

DO`STLARGA ULASHING:

Everest tog’i 8848 metr
Bu tog’ Nepalda Sagarmata, Tibetda Jomolungma nomi bilan mashhur yer yuzidagi eng baland tog’. U Himolay tog’ tizimining Mahalangur tarmog’ida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 8848 metr bo’lib, eng baland cho’qqisi Nepal va Xitoy chegarasida joylashgan. U Lotse(8516m), Nuptse (7755m), Changtse (7580m) tog’lari bilan chegaradosh hisoblanadi. Tog’ haqida Hindiston 1856-yil ma’lum qildi, keyinchalik bu tog’ «Peak XV» ya’ni ,,15-cho’qqi” nomi bilan mashhur bo’ldi. 1955-yil Nepal Hindiston ma’lumotini tasdiqladi. Keyinchalik 1975-yil Xitoy olimlari ham aniqlashga muvaffaq bo’lgan. Everest nomini 1856-yil Angliya Qirollik Geografiya Jamiyati a’zosi Andew Waugh sobiq vazifadoshi Jorj Everest sharafiga qoyishni taklif qiladi, lekin bu ko’p norozilikarga sabab bo’lgan. Shunga qaramay u o’z so’zida qat’iy turgan. O’sha paytda Waugh Angliyaning Hindistondagi tadqiqotchilari generali bo’lgan. Tog’ni zabt etishni inglizlar boshlab bergan.

Оставьте комментарий