FERRUM LEK tabletkasi

DO`STLARGA ULASHING:

Ferrum Lek tabletkasi . Narxi — 30 donasi 60 000 so’m .

💊DORI SHAKLI : Sirop

💊TARKIBI 👇

Temir lll gidroksid polimaltozat moddasi.

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇 👇

Anemiyaga qarshi vosita . Kamqonlikka davo sifatida qabul qilinadi.

💊QO’LLANILISHI 👇

— Qonda gemoglobin miqdori ni ko’taradi va temir moddasi zaxirasini ta’minlaydi.

— Temir tanqisligi anemiyasida qabul qilinadi.

— Xomiladorlik va emizish davridagi kamqonlik holatlarda qabul qilinadi.

— Donor bo’lganda , ya’ni qon topshirganda yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish maqsadida

— Organizmning jadal o’sish davrida buyuriladi.

— Temir moddasi tanqisligida buyuriladi.

💊QABUL QILISH USULI 👇

Tabletkasini 12 yoshdan keyin qabul qilish buyuriladi. 12 yoshgacha siropi beriladi. Pastda korsatib o’tilgan 👇

Siropini va tabletkasini ham ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanib bo’lgach 30 daqiqadan keyin qabul qilish mumkin.

1 yoshgacha bo»lgan bolalarda 2,5 — 5 ml kuniga qabul qilinadi.

1 yoshdan 12 yoshgacha bo’lganlarda 5 — 10 ml kuniga buyuriladi.

12 yoshdan kattalarga 10 — 30 ml siropi yoki 1 -2 tabletka kuniga buyiriladi.

Kattalar va emizikli ayollarga kuniga 10 — 30 ml sirop yoki  1 — 2 tabletka buyuriladi.

Homilador ayollarga kuniga 20 — 30 ml gacha sirop yoki 1 — 3 tabletka buyiriladi.

Tabletkasini 12 yoshdan kichik bo’lganlarga qabul qilish mumkin emas.

🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇

— Axlat rangining o’zgarishi

— Ko’ngil aynish va qusish holatlari

— Diareya holatlari ,teri toshmasi va qichishishi.

❌QO’LLASH TAQIQLANADI 👇

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Temir moddasi miqdori organizmda ortiqcha bo’lganda.

— Temir moddasi ning organizmda almashinuvi buzilishida.

— B 12 vitamini yetishmaslik oqibatidagi kamqonlikda mumkin emas.

— Fruktozani o’zlashtira olmaslik kabi holatlarda .

— Temir moddasi tanqisligi bilan bog’liq bo’lmagan anemiyalarda mumkin emas.

🔰 ADMIN MASLAHATI 👇

💥Ferrum lek preparati tabletka , sirop va ampula ko’rinishida chiqadi. Yuqorida ☝ tabletkasi va siropi haqida va dozasi ko’rsatib o’tildi .

💥Ampulasiga kelsak , ampulasi faqat mushak orasiga jo’natiladi. Venaga yoki teri ostiga mumkin emas. Ampulasi homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas. Yana jigar sirrozida , infeksion gepatitda mumkin emas.

💥Ampulasini yana chaqaloqning 4 oyligigacha bo’lgan vaqtda yuborish tavsiya qilinmaydi

💥Ferrum lekni siropi va tabletkasini homiladorlikning birinchi 3 oyligida qabul qilishni shifokoringizdan so’rang.

💥Ferrum lek ampulasini mushakka yuborganda qon bosimi tushishi , isitma bosh aylanishi va og’rishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.

💉Qo’llash — retsept bilan

💉Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya , Germaniya , Turkiya va Uzbekistan.

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,, ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek