Yodomarin tabletkasi — yod yetishmovchiligida samarali vosita

DO`STLARGA ULASHING:

?Yodomarin tabletkasi — yod yetishmovchiligida samarali vosita.
?100 mg ( detskiy) va 200 mg ( kattalarga ) dozada chiqariladi.
#Yodomarin 200
#Ёдомарин 200
?Dori shakli : Tabletka
? Tarkibi : Kaliy yodid.
?Ta’sir qilishiga ko’ra : Tiroksin sintezi ni boshqaradi. Organizmda yod tanqisli gida samarali vosita.
?Qo’llanilishi ?
— Yod yetishmovchiligi kasalliklari profilaktikasi da
— Endemik buqoq da
— Qalqonsimon bez da o’tkazilgan operatsiyalardan keyingi xolatlarda
— Xotira pastligida ham yodomarin ijobiy ta’sir qiladi.
?Qabul qilish usuli ?
— 4 yoshgacha bo’lgan bolalarda 1/2 tabletkadan kuniga beriladi.
— Kattalarda esa kuniga 1 tabletka qabul qilinadi.
— Homiladorlar va emizikli ayollar esa sutkasiga 1/2 va 1 tabletka qabul qilinadi.
Ovqatdan keyin qabul qilinadi. Yodomarin va boshqa yod saqlagan preparatlarni ertalab soat 10 :00 gacha qabul qilish kerak.
?Nojo’ya ta’siri ?
Kam hollarda nojo’ya ta’sir yuz beradi. Terida toshmalar kuzatilishi mumkin.
❌Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda .
— Gipertireozda
— Organizmda yod miqdori ortiqcha bo’lganda.
? Qo’shimcha ma’lumot lar ?
— Yod organizmda yetishmasa yosh bolalarda yoshiga nisbatan o’sish va rivojlanish dan ortda qoladi.
— Yod yetishmovchiligida organizmda ko’p terlash , jizzakilik va ko’z chaqchayishi kuzatiladi.
— Yod yetishmovchiligida aqliy va jinsiy rivojlanishdan ortda qolish kabi belgilar kuzatiladi.
— Yod moddasi asosan yodlangan osh tuzida , xurmo va yong’oq mevalari tarkibida ko’p .
— Yana bir muhim ma’lumot organizmda yod moddasi yetishmaganda yosh bolalarda va kattalarda tez shamollash kabi holatlar ko’payadi. Tez tez shamollab , gripp alomatlari kuzatila boshlaydi.
— Yod moddasi yetishmaganda yana tez charchash , kayfiyat buzilishi , yurakda og’riq , immunitet pasayishi , Xotiraning pasayishi , sochlar to’kilishi va teri qurishi kabi holatlar kuzatiladi.
— Yana bir muhim ma’lumot : yodlangan tuz xarid qilganingizdan keyin tuz saqlanadigan idishni og’zini mahkam yopib , qorongi va quruq joyda saqlang. Chunki yod moddasi ham xuddi spirt kabi uchib ketish xususiyatiga ega . Qayerda saqlasangiz ham yodlangan tuz solingan idish og’zi berkitilgan bo’lishi kerak.

Оставьте комментарий