Fuqarolarga taksichilik qilishga ruxsat olish narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

Fuqarolarga taksichilik qilishga ruxsat olish narxi qancha?

Prezident qarori asosida, 2022-yil 31-dekabrgacha tajriba o‘tkaziladi. Shu sanaga qadar 4 ta o‘rindiqli yengil avtomobilda jismoniy shaxslar YaTT tashkil qilgan holda taksichilik qilishi mumkin.

YaTT – yakka tartibdagi tadbirkor. U yuridik emas, jismoniy shaxs. Taksichi sifatidagi YaTTni ro‘yxatdan o‘tkazish – 690 ming so‘m, oylik to‘lov – 425 ming so‘m.

2021-yil 1-sentyabrdan boshlab, YaTT sifatida taksi faoliyati bilan shug‘ullanish faqatgina interaktiv xizmat kompaniyalari (agregatorlar) orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonda bunday agregatorlardan eng keng tarqalgani – Yandex Taxi.

Haydovchi 21 yoshga to‘lgan, mashina esa 10 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak. Haydovchi har oyda tibbiy ko‘rikdan, mashina esa har 6 oyda texnik ko‘rikdan o‘tib turishi kerak.

Mashinani sariq rangga bo’yash shart emas, lekin TAXI belgisi, salonda tablichka va maxsus ilovali devays bo’lishi kerak.

@NarxiQancha | Manba (https://t.me/xpressuz/4064)

Оставьте комментарий