DO`STLARGA ULASHING:
Galaxy S26 Ultra quvvatlashini tezlashtiradimi? ⚡️
Samsung nihoyat tezkor zaryadka masalasini jiddiyroq ko‘rayotganga o‘xshaydi. One UI 8.5 kodida Super Fast Charging 3.0 degan yangi bosqich tilga olingan va uni aynan Galaxy S26 seriyasi bilan bog‘lashyapti.
🔋 Hozirgi holat:
• Galaxy S25 / S25 Edge – 25 Vt (Super Fast Charging)
• Galaxy S25+ / S25 Ultra – 45 Vt (Super Fast Charging 2.0)
🆕 Nima yangilanadi?
• Super Fast Charging 3.0 uchun taxminan 60 Vt atrofida quvvat bo‘lishi aytilmoqda
• Proshivkada aniq raqam yozilmagan, lekin “uchinchi avlod” va yangi level hozirgi 45 Vtdan kuchliroq bo‘lishi deyarli aniq
❓ Qaysi modellarga tushadi?
Hozircha gap asosan Galaxy S26 Ultra haqida ketmoqda. S26+ ham 60 Vt oladimi yoki yo‘qmi — hali noma’lum.
📅 Chiqarilish muddatlari (insaydlarga ko‘ra):
• Taqdimot: 2026-yil yanvar oxiri
• Sotuvi: 2026-yil fevral boshida start oladi
Samsung yillar davomida zaryad tezligida raqiblardan ortda kelayotgan edi. S26 Ultra bilan vaziyat o‘zgaradimi, deb o‘ylayapsizmi?
✅@techmobuz
