Google Chrome brauzeriga kirish uchun parol o’rnatamiz

DO`STLARGA ULASHING:

Google Chrome brauzeriga kirish uchun parol o’rnatamiz

Ko’pchilik brauzeriga birov kirmasligini hohlaydi, sababi:
— elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlarga parolsiz kirishni amalga oshirib quygan, bu degani istalgan odam parolsiz akkountga kirib ketishi mumkin;
— kiradigan saytlarini manzilini birov ko’rishini hohlamaydi;
— youtube saytidagi a’zo bo’lgan kanallarni berkitadi;
— internet hajmini birov ketkazib quyishidan qo’rqadi;
— vahakazo.

Shularni oldini olish maqsadida, ko’pchilik ishlatadigan Google Chrome brauzeriga kirish uchun parol quyamiz.

1. Google Chrome brauzerini ochamiz.
2. Chrome do’koniga kirib, LockWP (https://chrome.google.com/webstore/detail/lockpw/kjcloihghgncbdkaafgkckbokjnehfmo) qo’shimchasini o’rnatamiz.
3. O’rnatish uchun, yuqoridagi havolaga kirib, «Установить» tugmasini bosamiz.
4. Keyin, sizga qo’llanma chiqadi, o’qib chiqamiz(ko’pchilik o’qimaydi, siz o’qib quying endi) va «Дальше».
5. So’ng, o’ng tomondagi polyalarga, 2 marotaba parol va parol esdan chiqqanda sizga yordam beradigan so’zni kiritamiz va «Сохранить».
6. Google Chrome brauzerini yopib, qaytadan ochamiz, brauzer sizdan parol talab qiladi.

Parolni olib tashlash uchun:
1. Chrome brauzeriga kiramiz.
2. Меню -> Дополнительные инструменты -> Расширения
3. LockPW qo’shimchasini o’chirib tashlang(Удалить) yoki o’chirib quying.

☝️Bu qo’shimcha kompyuterdagi Google Chrome’da tekshirildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek