Windows tizimida, kompyuter nomini o’zgartirishning 4 usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Windows tizimida, kompyuter nomini o’zgartirishning 4 usuli
#foydali
Ko’pchilik, Windows tizimini o’rnatish jarayonida, kompyuter nomini o’rnatadigan joyga ahamiyat bermaydi, natijada kompyuter nomi «Desktop-SKDFHL» ko’rinishida bo’lib qoladi.
Kompyuteringiz nomi qanday? tekshirib ko’ring:
1. Win+R→cmd
2. Qora oynaga, hostname deb yozamiz va Enter.
Kompyuter nomini bilib oldingiz, agar sizga bu nom yoqmasa, uni istalgan boshqa nomga o’zgartirish mumkin, bu ishni quyidagi 4 usul yordamida bajarsa bo’ladi:
1-usul (Win 10):
• Пуск → Параметры → Система → О системе → Переименование компьютера(Переименовать этот ПК)
2-usul:
• Win+R→control system
• Chap tomondagi menyudan «Дополнительные параметры системы»
• «Имя компьютера» vkladkasi tanlanadi
• «Изменить» tugmasi orqali kompyuterga nom beriladi
3-usul:
• Win+R→cmd(admin ruhsati bilan ochasiz)
• Quyidagi kodni qora oynaga yozasiz:
wmic computersystem where name=»%computername%» call rename name=»kompyuter_nomi»
4-usul:
• Win+R→powershell(admin ruhsati bilan ochasiz)
• Hosil bo’lgan oynaga, quyidagi kodni yozasiz:
Rename-Computer -newname kompyuter_nomi
☝️Kompyuter nomi asosan, tarmoq orqali sizning kompyuterni topishda, dasturlar o’rnatish jarayonida kerak bo’ladi. Kompyuter yangi nomga ega bo’lishi uchun, yuqoridagi usuldan birini bajarib, kompyuterni qayta yoqish(перезагрузка) lozim.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek