Bahor haqida 4 qator sherlar bolalar uchun

Bahor haqida 4 qator sherlar bolalar uchun

DO`STLARGA ULASHING:

Bahor – tabiat uyg‘onadigan, gullar ochiladigan va qushlar sayraydigan eng go‘zal fasldir. Bolalar bahor
faslini ayniqsa yaxshi ko‘rishadi, chunki bu faslda atrof-muhit rang-barang va quvonchga to‘la bo‘ladi.
Ushbu sahifada bolalar uchun oson yod olinadigan, mazmunli va chiroyli 4 qator bahor she’rlari
jamlangan. Bu she’rlar bog‘cha, maktab va turli bayram tadbirlarida foydalanish uchun juda mos.

 

Bugun tunda kelarmish bahor…
Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Qoru muzni suvga g‘arq qilib,
Izg‘irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o‘rab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istaringdan olgancha ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og‘dirib,
Yomg‘irlarin yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko‘ngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…

 

 

Tabiat yaratgan Baxor uzingiz,
Oila bogʻida gulzor uzingiz,
Jannatda taralgan ifor uzingiz,
Bugun poyingizda zaminu falak,
BAHORingiz bo’lsin muborak


Keldi bahor gul bahor.
Keldi bahor gul bahor
Erib biti opoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon
Suvlar oqar shildirab
Yulduz boqar miltirab
Chumolilar Yayrashar
Sho’h bulbular yayrashar.

 

Xush kelding Bahorim sheri.
Xush kelding Bahorim O’zbekistonga,
Xush ko’rdik lolayu bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga,
Anvorlar toshiydi toza yellaring…
Zar doʻppilar yarashardi boshingizga,
Surma surib yurardingiz qoshingizga,
Toʻlmay turib eh, oʻn sakkiz yoshingizga,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Yosh edingizgiz, gʻoʻr edingiz bir nafis gul,
Tol bargidan sochlar yasab yurgan sumbul,
Bogʻingizda ne dard bilan sayrar bulbul,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Bahor keldi, ikkimizga keldi alam,
Siz meniki boʻlmadingiz dunyo bir kam,
Biror marta yuzingizdan oʻpmadim ham,
Uyingizga yor-yor aytib keldi bahor.
Koʻylagingiz bezaydimi qaldirgʻochlar,
Ofton chiqsa yaltiraydi qoʻngʻir sochlar,
Sizni arzon sotdibdi-da koʻzi ochlar,
Uyingizga yor-yor aytib keldi baho

Sen bahorni sog’inmadingmi sheri.
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.

Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.

 

Bahor haqida sher.
Biz kutgandik bahor taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sog‘ingandik bahor faslini,
Qarang bahor isi sezildi.
Qarang qushlar ovozi jarang,
Ko‘z quvnatar ko‘m-ko‘k maysalar.
Ochilmoqda gullar rang-barang,
Bahor go‘zal ayting qanchalar?
Eh bahorning o‘rni bo‘lakcha,
O‘xshamaydi hech bir faslga.
Bahordagi gullar o‘zgacha,
Mast bo‘lasiz gullar hidiga.
Sog‘ingandik bahor faslini,
Qarang bahor yo‘qlab kelibti.
Najot berib mayin shabboda,
Qarang ko‘kda varrak uchibti.
Biz kutgandik oftob taftini,
Qarang oftob yuzim qizdirdi.
Sog‘ingandik bahor faslini,
Qarang bahor isi sezildi.

 

Binafsha.
Binafshaxon, binafsha,
Kulishlaring chiroyli.
Bog’imizda ochilib,
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergani.
Men ham terdim bir dasta
Onamizga bergani.

Bahor yaqin.
O’tib ketdi qishning sovuq
Ham bo’ronli kunlari.
Ortda qoldi oy, yulduzsiz,
Tim qorong’i tunlari.
Endi quyosh ko’proq boqar,
Dalalarga, bog’larga.
Quchoq-quchoq yog’du sochar,
Adirlarga, tog’larga.
Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.
Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta
Gul-chechaklar terganda…

Оставьте комментарий