Navro‘z bayrami uchun

Navro‘z bayrami uchun Kelin salom.

DO`STLARGA ULASHING:

Navro‘z bayrami uchun
Kelin salom.

Doim bizga bosh boʼlgan
To‘g‘ri yo‘l ni koʼrsatgan
Salom salom kelin salom
Eng avvalo derektorimizga salom.

Mehr bilan kutib olgan
Bilim berishdan tolmagan.
Salom salom kelin salom
Tarbiyachilarga salom

Shirin taomlar pishirgan
Qornimizni toʼydirgan.
Salom salom kelin salom
Oshpazlarga salom.

Sog‘ligimiz oʼylagan
Boʼyimizni oʼlchagan.
Salom salom kelin salom
Hamshiraga salom.

Supurgisi qoʼlida
Tinim bilmas yo‘lida.
Salom salom kelin salom
Supuruvchilarga salom.

Suvdan qoʼli chiqmagan
Yuvishdan hech erinmagan.
Salom salom kelin salom
Kir yuvuvchilarga salom.

Uyqu nima bilmagan
Bog‘chamizni qoʼriqlagan.
Salom salom kelin salom
Qorovullarga salom.

Quvnab turar koʼzlari
Shirin shakar soʼzlari.
Salom salom kelin salom
Bolajonlarga salom.

Bolam nima qilyapti
Videolarda koʼrinmayapti.
Telefon qiliib qoʼymagan
Bolajonisini oʼylagan.
Salom salom kelin salom
Ota-onalarga salom.

Vatanini oʼylagan
Oqibatdan soʼylagan.
Salom salom kelin salom
Yigʼilgan barchaga salom.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий