Grafik karta yoki video karta?

DO`STLARGA ULASHING:

Grafik karta yoki video karta?

💽  Grafik karta yoki video karta, bularni ikkovi ham bir xil narsalardir.

🖥 Kompyuterning grafikalar bilan ishlaydigan qismi GPU (inglizchadan tarjima qilinsa: «grafik ishlov berish birligi») deyiladi.

✌️ GPU ikki xil bo’ladi: biriktirilgan, hamda alohida.

💾 Biriktirilgan grafik kartalar protsessor (CPU) bilan birlashtirilgan bo’ladi. Bu noutbuklarning yana ham ingichkaroq dizaynga ega bo’lishini ta’minlaydi va albatta kichik rasm tahrirlash, kichik o’yinlarni o’ynashda yordam beradi.

🕹 Alohida grafik kartalar esa o’z nomi bilan alohida jism bo’ladi va u protsessor(CPU)ga ulanadi. Ular ko’p quvvat sarflaydi, lekin siz 3D yoki video-montaj ishlarini qilsangiz yoki kompyuterda ko’p o’yin o’ynasangiz, sizga albatta alohida grafik karta kerak bo’ladi.

Оставьте комментарий