Greens — Biografiya

DO`STLARGA ULASHING:

Greens — Biografiya

Shohjaxon Mutalipov 1998-yil 29-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U Greens taxallusi ostida ijod qiladi. Bolaligida Greens juda ham sho’x bo’lgan. Maktabda ham o’qishga sira hohishi bo’lmagan. Xattoki u beshta maktabga borgan va nihoyat u 8-o’rta maktabni bir amallab tamomlaydi. Bog’cha va maktablardagi musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qo’shiq kuylab, she’r aytishni juda ham sevardi. Maktabni bitirgandan so’ng Green Madanyat kolejini musiqa fakultetini tamomlaydi. San’at borasida esa u ilk ijodini 2012-yilda «Sevgi bu armon» qo’shig’i bilan boshlaydi. Bu qo’shiq xit tarona darajasiga yetadi. So’ng 2013-yilda esa yoshlarning sevimli shoiri Jamishid qalamiga mansub bo’lgan «Rasvo, Bu meni uyim», «Sog’indim», «Major» va «Bo’ri» qo’shiqlari hamda Geeenning barcha-barcha qo’shiqlari xit darajaga yetgan. Hozirgi vaqtgacha xonandaning 70dan ortiq qo’shiqlari, 20dan oshiq kliplari va «Rasvo», «U go’zal», «Eski maktab» albomlari o’z muhlislari yuragidan joy olgan.

Оставьте комментарий