Homila nega tushadi?

DO`STLARGA ULASHING:

— 20 yoshimda turmushga chiqqanman. Besh marta homilador bo‘ldim. Birinchi homilam nobud bo‘lgan. O‘g‘il ekan. O‘shandan so‘ng har homilador bo‘lishimdan oldin er-xotin davolanadigan bo‘ldik. Ikki qiz, ikki o‘g‘illi bo‘ldik. Qizlarim sog‘-omon katta bo‘lishdi. O‘g‘illarim esa rivojlanishdan ortda qolar, ko‘p kasal bo‘lardi. Biri 2 yoshu 2 oyligida, ikkinchisi 3 yoshu 2 oyligida vafot etdi. Ikkalasi ham yurmadi, emaklamadi ham. Ko‘rsatmagan shifokoru tabibimiz qolmadi. Hamma har xil tashxis qo‘yardi: raxitning og‘ir formasi, asab tizimining rivojlanishdan ortda qolishi, homiladorlikda o‘tkazilgan kasalliklar asorati va leykodistrofiya. Turmush o‘rtog‘im bilan skrining markazida tekshiruvdan o‘tganimizda farzandlarimizga xavf soladigan holat aniqlanmagandi. Qizlarimning bir 13, ikkinchisi 5 yoshda. Ikkalasi ham sog‘. Nima uchun o‘g‘il farzandlarim olamdan o‘tganiga tushunmayman. 36 yoshdaman. O‘g‘illi bo‘lishni judayam istaymiz, lekin…

F.A

Homila nega tushadi?
Homila nega tushadi?

Homila tushishi va kichik yoshda go‘daklarning vafot etishi zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalaridan biri. Ba’zan bu vaziyatlarning aniq sababi topilmagan holatlar ham uchrab turadi. Mushtraiyimizning yuqoridagi murojaati asosida Respublika Aholi Reproduktiv Salomatlik Markazi akusher-ginekologi, oliy toifali shifokor Nodira TILLAXADJAYEVA va biologiya fanlari doktori, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi professori Farog‘at ALIMXODJAYEVAga murojaat qildik.

Homila nega tushadi?

Urug‘lanish jarayoni yoki embrion rivojlanishi (birinchi uch oylik)da nuqsonlar: ayolning kasalligi, dori-darmonlar, erkakning sog‘lig‘i kabilar.

Endokrin tizim faoliyati buzilishi va gormonal yetishmovchilik: qalqonsimon bez yetishmovchiligi va jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishi (progesteron gormoni homilaning yaxshi rivojlanishi va ona bachadonida mustahkamlanishiga yordam beradi) buzilishi.

Infeksiyalar: jinsiy yo‘l bilan yuquvchi va TORCH-infeksiyalar homilaning nuqsonli tug‘ilishi yoki rivojlanishdan to‘xtashiga sabab bo‘ladi.

Bachadonda anotomik yoki orttirilgan patologiya bo‘lsa: ikki shohli yoki rivojlanmagan bachadon, bachadon bo‘yni yetishmovchiligi, abort, kista, mioma, yallig‘lanishlar, eroziya va homilaning noto‘g‘ri joylashishi.

ЎҚИНГ:   Kelinchakning bokira emasligi shubha qilinsa, momolarimiz qanday yo‘l tutishgan?

Immun sabablar: ona qonining rezus-omili manfiy bo‘lsa, ona organizmi homilani yot jism sifatida qabul qilib, chiqarib tashlashga harakat qiladi. Ko‘pincha homila o‘g‘il bo‘lganda, organizm bu qarshilikni kuchaytiradi.

Ruhiy emotsional holat: asabiylashish, qo‘rquv, kuchli hayajon.

Jarohat oqibatida: ayol va homilaga zarar yetadigan darajada shikastlanish, lat yeyish.

Tabiiy tanlanish

Homila tushish xavfi ginekologik muammo, kasallik va jarohatlanish natijasida yuzaga kelganda, homilani saqlab qolish uchun davo choralarini kechiktirmaslik lozim. Ba’zan homila tushish xavfi kuzatilayotgan ayolning sog‘lig‘idan shikoyati bo‘lmaydi. Bunda ona organizmi hayotiy faol a’zolarida nuqsonlar bilan rivojlanayotgan embrionni tabiiy tushirishga harakat qilayotgan bo‘ladi. Shunday holatlarda kerakli tekshiruvlar o‘tkaziladi. Shifokorlar kengashida homilani saqlash yoki saqlamaslik masalasi ko‘riladi.

Irsiy kasalliklar

Ayol ilk hayz ko‘rgan vaqtdan tuxum hujayra rivojlanishni boshlaydi. Ayol homilador bo‘lguniga qadar boshdan kechirgan kasalliklari, zararli tashqi ta’sirlar tuxum hujayraning sifatini o‘zgartirishi mumkin. Bu hujayra homila paydo bo‘lishi uchun asos vazifasini bajaradi. Asos sog‘lom bo‘lmaganda, sog‘lom farzand kutish aqlga sig‘maydi. Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda ham genlar mutatsiyaga uchrab, irsiy kasalliklarga moyillikni oshiradi. Ko‘pgina irsiy kasalliklar ona xromosomalari orqali o‘g‘il farzandga beriladi. Ular orasida bir jinsga bog‘liq bo‘lganlari ham bor. Masalan, gemofiliya kasalligi ko‘pincha o‘g‘il farzandlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kuchli jins vakillarining kasallikka moyilligini unutmaslik kerak. Tabiatan qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan yashovchan, chidamli bo‘ladi.

Homila tushishi, kichik yoshdagi go‘dakning nobud bo‘lishi bir martadan ko‘p kuzatilganda, albatta, ularni tibbiy genetik maslahatxonada tekshirtirish bilangina sabablarini aniqlash mumkin.

Murojaat egasiga…

Farzandlariga qo‘yilgan tashxislarga qaraganda nasliy kasalliklarga moyillik bor. Er-xotin ikkala qizlari bilan genetikka murojaat qilib, bir qancha tekshiruvlardan o‘tib, tahlil topshirishlari tavsiya etiladi. Shundan so‘ng aniq bir xulosaga kelish mumkin.

14 комментариев к “Homila nega tushadi?”

  1. Уведомление: cheap card online

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: 이천눈썹문신

  6. Уведомление: buy mushrooms online for sale kit

  7. Уведомление: best way to make passive income

  8. Уведомление: sweetwater cornhole

  9. Уведомление: motorsport

  10. Уведомление: apps to make money on

  11. Уведомление: psilocybin chocolate legal​

  12. Уведомление: content

  13. Уведомление: cei mai buni medici chirurgie vasculara

  14. Уведомление: ผลบอล

Комментарии закрыты.