DO`STLARGA ULASHING:
Nega deyarli 100% elektromobillar bitta uzatmali transmissiyaga ega ?
Elektromobillar odatda bir nechta asosiy sabablarga ko’ra faqat bitta uzatmaga ega
Elektromobil matori ichki yonuv dvigateliga qaraganda katta aylanish momentiga ega ya’ni RPM diapazoni bo’yicha olinsa ko’pincha 20 000 RPM dan oshadi, Normal atmosfera bosimida ishlaydigan dvigatellar esa 6000 RPM yoki undan ko’p diapozanda ishlaydi. Sababi oddiy mexanik limitlar tufayli porshen aniq bir vaqt rejimida tepaga va pastga harakatlanadi va shuni hisobiga val cheklangan miqdorda aylanadi. Dizelda esa bu RPM benzinnikidan ko’ra kamroq. Elektr motori esa Stator va Rotor asosiga qurilgan va shuni deb u bir zumda katta aylanish momentiga ega bo’ladi. Ushbu holat ularga past tezlikda haydash ehtiyojlarini va uzatmalarni o’zgartirishni talab qilmasdan yuqori tezlikda haydash imkonini beradi. Samaradorlik bo’yicha olganda bitta uzatmali transmissiya ko’p tezlikli uzatishga nisbatan murakkablik va ishqalanish yo’qotishlarini kamaytiradi, natijada EV(electric vehicle) uchun umumiy samaradorlik va potentsial oshadi.