Homiladorlik va 9 ta kasallik: qanday himoyalanish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

“To‘qqiz oy davomida hech qanday kasallik bezovta qilmadi”, degan ayolni uchratganmisiz? Hech bo‘lmaganda toksikozdan shikoyat qilinadi. Aslida-chi, homiladorlik davrida qaysi kasalliklar avj oladiyu qanday davolash usullari to‘g‘ri sanaladi?

Homiladorlikda gripp bilan kasallanishi qay darajada xavfli?

Homiladorlikda gripp bilan kasallanishi qay darajada xavfli?
Homiladorlikda gripp bilan kasallanishi qay darajada xavfli?

Bu kasallik homilador ayollarda zotiljam (pnevmoniya), asab tizimi shikastlanishi, surunkali kasalliklar (piyelonefrit, peshob yo‘llari yallig‘lanishlari) avj olishiga sabab bo‘ladi. Xastalik asoratlari homila tushish xavfining ortishi, rivojlanishdan ortda qolishi, qog‘anoq suvi ifloslanishi, muddatdan oldingi tug‘ruq holatlariga olib kelishi mumkin. Shu bois o‘zingizda burun bitishi, yo‘tal, holsizlik, tomoq sohasi achishishi, oyoq uchlarining uvishishi, ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana harorati ko‘tarilishi, ba’zan qorinning pastki sohasida og‘riq, ich ketishi kabi belgilarni sezsangiz, zudlik bilan ehtiyot choralarini ko‘ring:

  • Ko‘proq suyuqlik iching. Agar quvvatsizlik, tomoq achishishi yoki yengil bosh og‘rig‘ini sezsangiz, limon yoki malina solingan choy iching.
  • Tomoqdagi achishishni bartaraf etish uchun limon bo‘lagini oz-ozdan chaynang.
  • Organizmni yanada zo‘riqtirtirmaslik uchun yengil taom va yeguliklardan tanovul qiling.
  • Piyoz va sarimsoq piyozni katta bo‘laklarga bo‘lib, xonaning har-har joyiga qo‘yib chiqing. Ular havodagi kasallik infeksiyalari bilan kurashadi.
  • Birinchi yordam tadbirlaridan keyin ham ahvolingiz o‘nglanmay, mushaklarda simillagan og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat eting.
  • Tomoqni g‘arg‘ara qilish, limon, malina, asal qo‘shilgan sut ichishni kanda qilmang.

Shifokor ko‘rsatmasi bilan dorixonadan Furatsilin tabletkasi yoki Xlorofilipp eritmasi xarid qilib, qaynatib ilitilgan suvga aralashtirish va 1 stakan eritma aralashtirilgan suv bilan kuniga 3 mahal tomoqni g‘arg‘ara qilish mumkin. Kasallik 2-3 kun ichida jadallashib, homilador ayol salomatligi va homilaga jiddiy xavf soluvchi holatlar taxmin qilinsa, zudlik bilan shifoxonaga yotqizishga ko‘rsatma beriladi.

Unutmang! Homiladorlarga shamollaganda oyoqlarga issiq vanna qabul qilish, issiq havoda bug‘lanish kabi muolajalar mumkin emas! Turli dorivor giyohlardan tayyorlangan preparatlarni ham shifokor ko‘rsatmasisiz qabul qilmang!

Homiladorlikda kamqonlik qanday oqibatlarga olib keladi?

Kamqonlik tashxisiga be’etibor bo‘lish jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, homila tushish xavfi (20-42%), arterial gipotoniya (arterial qon bosimi tushishi) (40%), homila yo‘ldoshining muddatdan erta ko‘chishi (25-35%), homila rivojlanishdan ortda qolishi (25%) hamda muddatdan erta tug‘ruqning boshlanishi…

Homiladorlikning 20-haftasiga kelib, homilada temir moddasiga bo‘lgan talab oshadi va onada temir moddasining zahirasi deyarli yakunlanadi. Shu bois aynan birinchi uy oylikdan so‘ng kamqonlikning oldini oluvchi preparatlar buyurilib, oylik tekshiruvdagi qon tahlilida gemoglobin miqdori nazorat qilinadi. Gemoglobin miqdori me’yordan kam bo‘lsa, davolovchi shifokor tomonidan preparatlar bilan muolaja qilish buyuriladi. Taomnomaga ham gemoglobinni ko‘paytiruvchi mahsulotlar (go‘sht, tuxum, bodom, qizil lavlagi, shivit, kashnich) kiritish tavsiya etiladi.

ЎҚИНГ:   Homiladorlar uchun eng zararli oziq-ovqatlar

Sistit muolajasi homila uchun zararli emasmi?

Bu vaziyatda avvalo mustaqil tarzda davolashga kirishmang. Har qanday muolaja faqat shifokor tomonidan bajariladi. Sistit kasalligini o‘z vaqtida davolashning muhimligi shundaki, uning asoratlari jinsiy a’zolarni zararlantirib, tug‘ruqqa oz muddat qolgan bo‘lsa, turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Jumladan, sistitning oddiy ko‘rinishidan surunkali turga o‘tishi homilaning muddatdan avval tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa ayniqsa homilador ayollarda oz fursat ichida yuz berishi ham hech gap emas. Boisi kasallik infeksiyasi siydik yo‘li orqali tarqalib, bachadon naylari faoliyatiga ham ta’sir etadi. Kasallikni davolashda siydik tahlili topshirilgach, undagi infeksiyalar miqdoriga ko‘ra antibakterial antibiotiklar buyuriladi. Shu sabab ham oylik tekshiruv ko‘rigida ayolning peshob tahlili olinib, tarkibi o‘rganiladi.

Homiladorlikda sistitga chalinmaslik uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qiling. Iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdoriga ham ahamiyat bering. Suyuqlik kam ichilsa, peshob yo‘llaridagi infeksiyalar tashqariga chiqib ketmay, organizmda turli zararlanish holatlarini keltirib chiqaradi.

Homiladorlikda molochnitsa bezovta qilsa, nima qilish kerak?

Avvalo albatta shifokorga uchrab, aniq tashxis uchun tahlil topshiring. Kasallik darajasiga ko‘ra shifokor mahalliy yoki tizimli muolaja turini belgilaydi. Kandidoz infeksiyasi jinsiy yo‘l orqali yuqishi ham mumkin bo‘lgani bois er-xotin birgalikda davolanishi tavsiya etiladi. Bo‘lajak onalar uchun molochnitsadan saqlanishning sinalgan usullaridan biri — iste’mol qilinadigan mahsulotlarga ahamiyatli bo‘lish.

Homiladorlikda oyoq tomirlarining varikoz kengayishiga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkin?

Agar oyoqlarda shish, tomirlarda davomiy va sanchiqli og‘riq sezsangiz, muolajani kechiktirmaslik kerak. Davolovchi shifokoringiz ko‘rsatmasi bilan tomirlar faoliyatini nazorat qiluvchi jarroh hamda flebologga murojaat qiling.

Homilador ayollarga varikoz kasalligida og‘riq qoldiruvchi kompresslar va qon aylanishini me’yorlashtiruvchi preparatlar buyuriladi. Jarrohlik amaliyoti, lazer nuri yordamida davolash esa homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi. Shuningdek, shifokor tomonidan qon tomirlari faoliyatini normallashtiruvchi krem va surtmalar buyurilib, taomnomaga oqsil, o‘simlik yog‘lari, B, P, A, E guruh vitaminlarini kiritib, tana vazni hamda kunda ichiladigan suyuqlik miqdorini nazorat qilish maslahat beriladi. Bu davrda varikoz bezovta qilsa, shifokoringiz bilan maslahatlashgan holda oyoqning shikastlangan sohani maxsus “chulki” yoki elastik bint bilan bog‘lang. Poyabzalingiz poshnasining balandligi 3-4 sm.dan oshmasin. Imkoniyatingizdan kelib chiqqan holda oyoqlar uchun yengil mashqlarni bajaring. Agar vaqti-vaqti bilan oyoqlarda uvishish kuzatilayotgan bo‘lsa, demak, organizmingizga kalsiy moddasi yetishmayapti. Buning uchun shifokor ko‘rsatmasi bilan kalsiy preparatlarini qabul qilish mumkin.

ЎҚИНГ:   Homiladorlikning 32-haftasi

Toksikoz bezovta qilganda uy sharoitida nima qilish mumkin?

Agar toksikoz xurujlari zo‘rayaversa, albatta shifokorga uchrang. Sababi bunday xurujlar homila rivojiga ham ta’sir etib, ayolning holsizligi va hech nima iste’mol qilmasligi oqibatida kerakli ozuqa bilan ta’minlanmaydi. Shuningdek, kuchli toksikoz xurujlari vaqtidagi qayt qilish homila yo‘ldoshining erta ko‘chishiga olib kelishi mumkin. Toksikoz bezovta qilganda uy sharoitida quyidagilarga amal qilish ahvolni yengillashtiradi:

  • Tez-tez va kam-kamdan ovqatlanish toksikoz xurujlarini kamaytiradi
  • Limon, nordon mevalar, yong‘oq kabi mahsulotlar ham ko‘ngil aynishining oldini oladi.
  • Tuxum, tovuq va baliq go‘shti, yeryong‘oq, sho‘r bodring kabi mahsulotlar ishtahangizni rag‘batlantiradi.
  • Shirin va achchiq mahsulotlarni aralashtirib yeyish esa hazm jarayoniga ta’sir etib, qayt qilishni keltirib chiqarishi mumkin.
  • Kechki tanovuldan so‘ng yarim soat toza havoda sayr qilish ham foydali. Tanovuldan so‘ng darhol o‘ringa yotish tavsiya etilmaydi.

Bo‘lajak onalarda allergik holatlar kuzatilsa, qanday yo‘l tutiladi?

Noto‘g‘ri ovqatlanish, ba’zi dori preparatlarining nojo‘ya ta’siri, gormonal o‘zgarishlar, avvaldan mavjud allergik toshmalarga moyillik yoki ayrim turdagi mahsulotlarga nisbatan yuqori sezuvchanlikda allergik toshmalar kuzatilishi mumkin. Agar o‘zingizda allergik holatlar borligini sezsangiz, albatta shifokorga murojaat eting. Sababi homiladorlikda allergiyaga qarshi preparatlarning hammasi ham to‘g‘ri kelavermaydi. Shu sabab teri toshmalari hamda atrof-muhitga nisbatan sezuvchanlikning oshishida mustaqil davolanish mumkin emas. Bunday vaqtda shifokor tanlangan muolaja homila rivojiga ta’sir etmasligini inobatga olgan holda preparat yoki surtmalar buyurishi mumkin. Allergiyaning barcha ko‘rinishlarida homilador ayol uchun parhez tavsiya etiladi. Ya’ni sitrus mevalar, qizil rangli maxsulot va yeguliklar, achchiq-sho‘r va shirinliklar, mosh, qaxva, pomidor kabilarni bir muddat taomnomadan chiqarib turgan ma’qul.Bu vaqtda iloji boricha sut-qatiqli parxezga rioya etish maslaxat beriladi. Xatto choyning ham suyuqroq va ochroq damlanganini ichish foydadan xoli emas.

Qon bosimining oshishi yoki pasayishi haqida bo‘lajak ona nimalarni bilishi lozim?

Arterial qon bosimi ko‘rsatkichlari nafaqat ona, balki homila salomatligi uchun ham muhim. Agar ayolning qon bosimi homiladorlikdan avval ham yuqori bo‘lsa, demak, kasallik surunkali tusga o‘tgan. Bunday vaziyatda ayoldan jiddiy e’tibor talab qilinadi. Homiladorlikda qon bosimi yuqori bo‘lsa, homilaga kislorod yetib borishi qiyinlashadi. Natijada homila rivojlanishdan ortda qolishi, yo‘ldosh barvaqt ko‘chishi, tug‘ruq vaqtida qon ketishi, homiladorlik muddatdan avval tugashi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois homiladorlikni rejalashtirayotgandayoq qon bosimini nazorat qilish juda muhim. Homiladorlikda esa ruhiy stresslardan qoching, ovqatlanish tartibi va tarkibiga e’tiborli bo‘ling, umumiy holatingizda biror o‘zgarish sezishingiz bilan shifokorga murojaat qiling.

ЎҚИНГ:   Homiladorlikning 7-haftasi

Homiladorlikning birinchi uch oyligidagi gormonal almashinuv jarayoni arterial qon bosimining pasayishiga olib kelib, ayol o‘zida lanjlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin bo‘lishi, harakatlanish vaqtida nafas qisishi kabi alomatlarni sezadi. Qon bosiminining pasayib ketishi natijasida homila yo‘ldoshida qon aylanishi buzilib, yo‘ldosh yetshmovchiligi yuzaga keladi. Oqibatda homilada kislorod etishmovchiligi, rivojlanishdan ortda qolish kabi holatlar bo‘lishi mumkin. Shu bois doimiy nazoratda bo‘lish va qon bosimiga ta’sir etuvchi holatlardan saqlanish kerak. Muolajalarni faqatgina shikofor bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish lozim. Taomnomada ham qon bosimi pasayishiga ta’sir etuvchi mahsulotlar kamroq bo‘lishiga e’tibor bering.

Homiladorlikda bavosil (gemorroy) bezovta qilsa, og‘riqsizlantiruvchi shamcha (svecha)lardan foydalanish mumkinmi?

Xomiladorlik davrida bavosil kasalligining kelib chiqishi ko‘p hollarda qabziyat (ich qotishi) tufayli yuzaga keladi. Qolavesra, homiladorlik jarayoni to‘g‘ri ichak venalarining kengayishiga moyillik yaratadi. Gormonal o‘zgarishlar ta’sirida ham ichak faoliyati susayishi mumkin. Homiladorlikda bavosilning oldini olish uchun istemol qilinadigan mahsulotlarga e’tibor berish lozim. Sabzavot (karam, qizil sabzi, ko‘katlar, qizil lavlagi, bodring) va mevalar (shaftoli, olma, nok) tavsiya etiladi. Quritilgan mevalar (turshak, olxo‘ri qoqisi, quritilgan olma) ham foydali.

Bavosil yuzaga kelganda og‘riqsizlantiruvchi shamcha va surtmalardan faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan foydalanish kerak. Kompress qo‘yish yoki issiq vanna qabul qilish mumkin emas.

Homiladorlikda bavosilni jarrohlik yo‘li bilan davolash tavsiya etilmaydi, faqatgina og‘riqsizlantiruvchi preparatlar yordamida nazorat qilinadi. Tug‘ruqdan keyin esa kasallikka qarshi muolajalarni olish mumkin. Sog‘lom ona — sog‘lom bola! O‘zingizni avaylang!

Ekspert: Shahnoza BAHODIROVA, oliy toifali akusher-ginekolog.
Jurnalist: Dildora YUSUFBЕKOVA.
Manba: “Sug’diyona” gazaetasi.

8 комментариев к “Homiladorlik va 9 ta kasallik: qanday himoyalanish kerak?”

  1. Уведомление: coolteenz.net

  2. Уведомление: Escorts Aviles

  3. Уведомление: psychedelic magic mushroom vegan menu

  4. Уведомление: putas Talavera

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: Website for more info

  8. Уведомление: พรมรถ

Комментарии закрыты.