Nega LED tuman chiroqlarini haydovchilar yomon ko’rishadi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Nega LED tuman chiroqlarini haydovchilar yomon ko’rishadi ?

Aslida LED tuman chiroqlarining bir qancha turlari bor. Ularni umumiy qilib 2 guruhga bo’lish mumkin:

Proyektiv — Bu turdagi tumannikda linza bo’ladi va nurni bir tekis va boshqa haydovchilarga xalaqit bermagan holda oldinga yo’naltirib beradi. Linzalar proyektiv chiroqning eng muhim qismi sanaladi. Sababi usiz mashinani tuman holatida haydash shunchaki effektiv emas. Bunday tumanniklar esa reflektiv tumannik deyiladi.

Reflektiv — linza bilan jihozlanmagan va yoruqlikni barcha tomonga teng tarqatib yuboradigan tumanniklar.

Juda ko’p haydovchilar narxining hamyonbopligi uchun reflektiv LED tumanniklar xarid qilishadi. Effekti faqatgina o’zlari uchun yaxshi bo’lib ko’rinishi mumkin lekin qarama-qarshi tomondan kelayotgan haydovchini ko’r qilib qo’yish hech gapmas. Zavod tomonidan mashinaga qo’yib beriladigan bamferlar va ularning tumannik turadigan qismi boshqa turdagi chiroqlar yoki LED uchun nostandart bo’lgani uchun bamferlarning o’sha qismi bazan issiq sharoitlarda erib ketadi. sababi LED dan chiqqan nur issiq bo’ladi va o’sha qismni kuydiradi.

P.S. Rasmda reflektiv tummaniklar

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий