Nega dizel benzinga qaraganda kamroq ishlatiladi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Nega dizel benzinga qaraganda kamroq ishlatiladi ?

Buni ko’plab faktorlar orqali ifodalash mumkin. Avvalo Dizel katta-katta texnikalarda ishlatiladi. Ulardan ekskavatorlar, kranlar, yuk mashinalar, avtobuslar,buldozerlar. Nega sababi oddiy dizel dvigatellari og’ir yuklarni tashish va uzoq masofalarni bosib o’tish uchun yuqori moment (tortish kuchi) va yonilg’i tejamkorligini ta’minlaydi, bu ularni transport va logistika sektorlari uchun afzal tanlovga aylantiradi.
Ma’lumki dizelda yuradigan yengil mashinalar ham mavjud lekin ular bizning sharoitimizda keng tarqalmagan. Quyidagi sabablar esa dizeldan foydalanishdagi talabni qisqartiradi.
-O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mashinalarning faqatgina benzinga moslashtirilgani va bu an’ana Sovet ittifoqidan beri shakllanib qolgani va benzinga asoslangan dvigatellar nisbatan arzonligi
— Yoqilg’i infrastrukturasi. Agarda regionlarda benzin stansiyalari ko’p bo’lsa bu ham aynan benzinning ommabopligini anglatadi.

Argentina, Hindiston, Janubiy Afrika, Fransiya, Italiya kabi mamlakatlarda dizel nibatan ommabop sababi esa oddiy Janubiy Afrika qishloq xo’jaligiga asoslangani uchun, Argentinada uzoq masofalarga sayohat xarajatlarini kamaytirish va yoqilg’ini ekonom qilish uchun, Italiyada esa kichik hajmli yoki tijoriy transportlar uchun dizel adaptatsiya qillish davri uchun aynan bu yoqilg’i turidan foydalanishgan.

☝️ Dizelning aktualligi u talabgir bo’lgan sohalarda ommabop. Qurilish, qishloq xo’jaligi, logistika, temiryo’l, mayning, dengizchilik, harbiy sanoat

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий