HOMILADOR AYOLNI ISHGA QABUL QILMASLIK TAQIQLANADI.

DO`STLARGA ULASHING:

HOMILADOR AYOLNI ISHGA QABUL QILMASLIK TAQIQLANADI.

⚡️SAVOL;
Ish beruvchi tomonidan homilador ayolni homiladorligi sababli ishga qabul qilishni rad qilish qonuniymi ?

⚡️JAVOB;
Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni — tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik qat’iyan ta’qiqlanishi ko‘rsatilgan.

✏️ Yuqoridagi normani sodda tilga tarjima qiladigan bo‘lsak, masalan Siz homiladorlik paytingizda mehnat organlariga ish so‘rab murojaat qildingiz. Mehnat organi Sizni bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lgan, o‘zingizga mos keladigan ish joyiga yubordi. Lekin Sizni ishga olishi kerak bo‘lgan tashkilot Sizni homiladorligingiz sababli va tez orada dekret ta’tiliga ketishingiz mumkinligini nazarda tutib sizni ishga qabul qilmasa, o‘sha ishga qabul qilmagan shaxs yuqoridagi tartibni buzgan xisoblanadi va uning bu harakati javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek