“ICHKARIDA” TURK SERIALI HAQIDA

DO`STLARGA ULASHING:

2016 yilda Turkiyaning “Ay Yapim” prodyuserlik kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Ichkarida” seriali ekran yuzini ko‘rdi va nihoyatda qisqa fursat ichida xalqaro miqyosda mashhurlikka erishdi. Ajoyib rejissor Uluch Bayraktar yaratgan kartinani muvaffaqiyatli chiqqan deb bemalol aytish mumkin. Bosh rollardan birini taniqli aktyor Chag‘atay Ulusoy (Sarp) mahorat bilan o‘ynagan. Mert rolini ijro qilgan Aras Bulut Iynemli ham o‘z rolini yaxshi o‘ynagan. Bu ikkisi haqida ular rol o‘ynamagan, ular serialda “yashagan” deyish mumkin. Sarpning sevgilisi rolidagi Bensu Soral esa yosh va sohibjamol aktrisalardan hisoblanadi. “Ichkarida” serialini tomosha qilar ekansiz, har gal navbatdagi seriya tamom bo‘lgach, teletomoshabin o‘yga toladi. Keyingi seriyasida voqealar rivoji taxminan qay tarzda borishini mulohaza qilib turganida, kutilmaganda butunlay boshqacha yechimlar paydo bo‘ladi. Bu esa uni ko‘rishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Bastakor Toygar Ishikli serial mazmuniga nihoyatda mos tushgan kuy yaratgan. Maxsus effektlar, to‘g‘ri montaj va sifatli tasvir a’lo darajada uyg‘unlashtirilgan. Deyarli barcha aktyor va aktrisalar o‘z rolini qoyilmaqom tarzda chiqarib berishgan. Chunki rejissyor ularni to‘g‘ri tanlay bilgan. Eylem rolini ijro qilgan Damla Jolbay 1993-yil Izmirda tug‘ilgan. U aktyorlik va san’atshunoslik mutaxassisliklarini egallagan. Boshqa turk seriallarida ham suratga tushgan. Malak rolini o‘ynagan Bensu Soral 1991-yil Bursada tug‘ilgan. Marmaris universitetining tasviriy san’at fakultetida tahsil olmoqda. Aktrisa 2016-yilda “Maks faktor” pardoz buyumlari firmasining yuzi” deb tan olingan. Boshqa serial va kliplarda suratga tushgan. Mert roli ijrochisi Aras Bulut Iynemli 1990-yilda Istanbulda tug‘ilgan. Aviatsiya texnikasi sohasida oliy ma’lumotga ega. 16 yoshidan kinolarda suratga tusha boshlagan. Qo‘lga kiritgan nufuzli mukofoti uchun “Muhtasham yuz yil” serialiga taklif etishgan. Sarp rolini gavdalantirgan Chаg‘atay Ulusоy 1990-yil Istanbulda tug‘ilgan. Otasi bolgar, onasi bosniyalik. Mutaxassisligi — landshaft arxitektori. U 2010-yilda “Turkiyaning eng yaxshi erkak modeli” deb e’tirof etilgan. Chag‘atay Ulusoy “Ichkarida” serialida o‘ynagan har bir seriyasi uchun 50 000 turk lirasi, ya’ni 14 000 AQSH dollari miqdorida gonarar olgan.

 

ICHKARIDA BARCHA QISMLARINI KO`CHIRIB OLISH

9 комментариев к ““ICHKARIDA” TURK SERIALI HAQIDA”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  2. Уведомление: 201 dumps with pin

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: devops support company

  6. Уведомление: follower instagram

  7. Уведомление: Residual income opportunities

  8. Уведомление: buy howafirearms guns

  9. Уведомление: magic mushrooms powder

Комментарии закрыты.