Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni tabriklari

DO`STLARGA ULASHING:

25 oktabr -Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni
VATANGA XIZMAT QILISH BIZ UCHUN SHARAF!
O‘zbekiston – tinchlik va osoyishtalik mamlakati. Tinch yurtda esa rivojlanish va taraqqiyot bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun ham tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash yoshu keksaning muqaddas burchiga aylangan. Xalqimizning osoyishtaligini qo‘riqlashda ichki ishlar idoralari xodimlarining alohida xizmatlari borligi barchaga ma’lum. Mamlakatimizda ichki ishlar idoralari xodimlari kunining alohida nishonlanishi birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ana shu soha xodimlarining xizmatlarini yuksak qadrlaganliklaridan dalolat beradi. Men ham Vatanni qo‘riqlashdek muqaddas va sharafli burchga sadoqatli ana shu kasb sohiblari qatori borligimdan faxrlanaman.
Yaxshi kunlarda, shonli sanalarda bizga ana shu mas’uliyatli sohaning balandu pastini, og‘iru yengilini o‘rgatgan, bizga fidoiylikdan dars bergan aziz ustozlarimizni yodga olishni o‘z shogirdlik burchimiz, deb hisoblaymiz. Kasb bayramimiz arafasida men ham otadek aziz ustozlarim iste’fodagi polkovnik Said Madaminov, Vasiliy Anisimov, podpolkovnik Baxtiyor Murtazoyevlar, marhum ustozlardan polkovnik Yo‘ldosh Rahmonov, Dilmurod Ro‘ziyevlarning nomlarini tilga olmoqchiman. Keksalik gashtini surayotgan ustozlarimning umrlari bundan ham ziyoda bo‘lsin, o‘tganlarning esa oxiratlari obod bo‘lsin!
Bugun ichki ishlar idoralarining mas’uliyati har doimgidan yuz karra oshgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ularning xizmati tufayli yurtimiz tinch, ko‘ngillarimiz xotirjam, keksalar shukronalik bilan minnatdor hayot kechirmoqda, farzandlarimiz baxtiyor. Dunyo chayqalib turgan tahlikali zamonda ichki ishlar idoralari safiga burchiga sodiq, Vatan uchun jonini ham berishga tayyor shaxdam avlod kelib qo‘shilayotganligini ko‘rib, quvonamiz albatta.
Kunlarni tunga, tunlarni tongga ulab, Vatanimiz tanchligi, osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan barcha hamkasblarimizga kasb bayramlari muborak bo‘lsin, yurtimiz tinch va farovon hayot kechirsin deymiz!
Abbos KARIMOV,
Iste’fodagi polkovnik,
baynalmilal jangchi

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek