Imron — Qizim

DO`STLARGA ULASHING:

Imron — Qizim 

Jajji qizim, jonajon qizim,
Xudo bergan mehribon qizim.
Ota-onang baxti uchun ham
Omon bo‘lgin, onajon qizim.
Ota-onang mehri uchun ham
Omon bo‘lgin, onajon qizim.

Sening uchun onang parvona,
Otang bo‘lsa doim giryona.
Mohizodam, mohimarjonam,
Bu dunyoda sensan yagona.
Mohizodam, mohimarjonam,
Bu dunyoda sensan yagona.

Jajji qizim, jonajon qizim,
Xudo bergan mehribon qizim.
Ota-onang baxti uchun ham
Omon bo‘lgin, onajon qizim.
Ota-onang mehri uchun ham
Omon bo‘lgin, onajon qizim.

Yaratgandan so‘raganim sen,
Yuragimga o‘raganim sen.
Mohizoda, mohimarjonam,
Yagonasan, tilaganim sen.
Mohizodam, mohimarjonam,
Yagonasan, tilaganim sen.

Kichkintoyim, ko‘ngli ozodam,
Xon qalbimga o‘zing xonzodam. (x2)
Baxtimizga dunyo turguncha
Omon bo‘lgin, oy mohizodam.
Baxtimizga dunyo turguncha
Omon bo‘lgin, oy mohizodam.

Jajji qizim, jonajon qizim,
Xudo bergan mehribon qizim.
Ota-onang baxti uchun ham
Omon bo‘lgin, onajon qizim.
Ota-onang mehri uchun ham
Omon bo‘lgin, onajon qizim.

Оставьте комментарий