Instagram nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Instagram nima? Instagram bu — asosan rasmli kontent bo’lib, uning 60% dan ko’proq qismini rasmlar tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu ijtimoiy tarmoqda rasmlar,videolar joylash,storiylar ulashish, do’stlar bilan aloqa o’rnatishda sms xabarnoma,audio va video qo’ng’iroqlar mavjud.

Uning boshqa ijtimoiy tarmoqlardan asosiy 3 ta farqi quyidagilar:

1.Storyda «Swipe up» tugmasining borligi. U orqali Instagramdagi sizni kuzatuvchi obunachilarni aynan biror yo’nalish bo’ylab yo’naltirish mumkin. Misol uchun direct,sayt,telegram kanal yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi profil bo’lishi mumkin. Bu imkoniyat reklamada juda qo’l kelishi aniq va buning qanday ishlashini siz juda yaxshi bilasiz!

Agar siz «Swipe up (https://t.me/funksiya_uz/99)» tugmasini qanday qo’yishni bilmasangiz, quyidagi havola (https://t.me/funksiya_uz/99) orqali o’ting!

2.Targetingning kuchli ishlashi. Ya’ni, siz biror xizmat yoki mahsulotni reklama qilishni xohlasangiz uni siz Instagramning o’zi orqali, uchinchi shaxs ishtirokisiz amalga oshira olasiz. Siz bu usul orqali reklama qilinuvchi auditoriya yoshini,jinsini va eng asosiysi hududini tanlash imkoniyatiga egasiz! Bu imkoniyat reklamani juda kuchli targeting qilish imkoniyatini yaratibgina qolmay, reklama sifatini va sotuvlar hajmini ham oshiradi.

3.Bir vaqtning o’zida bir qancha ijtimoiy tarmoqlarga post joylash,yani,siz bir postni Intagramda joylash orqali boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringizga ham ushbu postni birganiga joylash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ushbu ijtimoiy tarmoqlar quyidagilar:

1.Facebook;
2.Twitter;
3.Tumblr;
4.Odnoklassniki.

Bu funksiyadan foydalanish uchun siz ushbu tepada keltirib o’tilgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni Instagram sahifangizga ulab qo’ygan bo’lishingiz lozim!

1 комментарий к “Instagram nima?”

Оставьте комментарий