Internetda Kliklar yordamida pul ishlash, daromad topish

DO`STLARGA ULASHING:

Internetda Kliklar yordamida pul ishlash, daromad topish hozirgi kunda eng ommabop hisoblanadi. Texnologiyalar rivojlanishi, reklamaning biznesdagi, tadbirkorlikdagi oʼrnining oshishi internetda pul topishga zamin yaratadi.
Kliklar yordamida pul topishning yeng mashhur usuli bu sizda mavjud boʼlgan saytda reklamalarni joylashtirish orqali pul topishdir. Bunday usul yordamida pul topish uchun sizda albatta oʼz saytingiz boʼlishi lozim!!!
Saytingizda joylashtirilgan reklamalarga saytingiz mehmoni bosgan taqdirda sizning hisobingizga maʼlum miqdorda foyda mablagʼlari toʼlanadi. Yirik korxona va tashkilotlar Google kabi reklama tarmogʼiga ega boʼlgan obroʼli korxonalarga oʼzlarining mahsulotlarini tarqatish, sotish, brend tanilishini oshirish maqsadida pul toʼlashadi. Google kompaniyasi esa oʼz navbatida bu ishni siz va men kabi kichik saytlari mavjud, saytlar doimiy foydalanuvchilariga ega boʼlganlar sayt egalarini jalb qilishadi.
Google kompaniyasining hozirgi kunda kliklar yordamida pul topish uchun eng mashhur dasturi bu Google Adsensedir. Google Adsense oʼzining bloglarigaega boʼlgan, oʼzining saytiga ega boʼlgan, yoki oʼzining sahifasiga ega boʼlgan foydalanuvchilarga qisqa kodlarini joylashtirish orqali oʼz ishini amalga oshiradi.
internetda pul ishlash
internetda pul ishlash
Bu ishni amalga oshirish jarayonida WordPressdan foydalana olish juda qulay hisoblanadi. WordPress yordamida tuzilgan saytlar hozirgi kunda butun jahonda mavjud saytlarning 30%ni tashkil qilishini hisobga olsak, bu dasturni oʼrganish yoki mustahkamlash har bir internetda pul topish istagida boʼlgan insonlar uchun zarurdir!!!
Tabiiy bitta savol tugʼiladi! Kliklar yordamida qancha pul topishim mumkun? Google Adsense yordamida kliklarda pul ishlash bir nechta muhim omillarga bogʼliqdir.
Saytga tashrif buyuruvchi foydalanuvchilar soniga(qancha foydalanuvchi koʼp boʼlsa, reklamangizni bosilish yehtimoli ham shuncha yuqori boʼladi)
Saytdagi maʼlumotlarning mazmuni. Bu ham muhim omil hisoblanib har bir bosilgan klik, yoki saytga joylashtirilgan reklama maʼlumot turidan kelib chiqadi hamda puli oʼshanga qarab hisoblanadi.
Internetda Google Adsenseni tahlil qilish jarayonida har bir bosilgan reklama uchun oʼrtacha 0.1 dan 1 dollargacha foyda boʼlishi mumkin ekanligini kuzatdim.
Foydalanuvchilarning sonini oshirish, maʼlumotlarning sifatli boʼlishini taʼminlash Google Adsenseda daromad koʼrishga zamin yaratishi shundan koʼrinib turibdi. Google Adsense dasturidan foydalanish juda oson. Google Adsensedan registratsiyadan oʼtgandan soʼng sizga qisqa kod taqdim etiladi. Ushbu kodni siz oʼz saytingizga joylashtirasiz hamda oʼz ishingizni boshlaysiz!!
Sabr va yaxshi niyat ishingizga rivoj beradi!!!!

11 комментариев к “Internetda Kliklar yordamida pul ishlash, daromad topish”

  1. Уведомление: cph crédit hypothecaire simulation

  2. Уведомление: 주소용

  3. Уведомление: replica watches

  4. Уведомление: 테니스 레슨 핫테TV

  5. Уведомление: can i buy psilocybin online

  6. Уведомление: ดูหนัง

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: smiley droguri,

  9. Уведомление: 티비위키

  10. Уведомление: flying saucer mushroom psilocybe azurescens​

  11. Уведомление: piano music

Комментарии закрыты.