Islomda foiz taqiqlanganmi❓

DO`STLARGA ULASHING:

Islomda foiz taqiqlanganmi❓

• Islomda foiz (%) taqiqlanganmi degan savol, xuddi kilo (kg) harommi yoki yoʻqmi degan savolga oʻxshaydi. Kilo bu oʻlchov birligi xolos, oʻlchov harom yoki halol boʻlmaydi, unda oʻlchanayotgan narsa harom yoki halol boʻladi.

• Masalan, bir kilo choʻchqa goʻshti harom, shuncha anor esa halol. Foiz bilan ham shunaqa, yaʼni uni qanday qoʻllashga qarab ruxsat berilgan yoki taqiqlangan boʻladi. Masalan, zakot foizda oʻlchanishi mumkin — nisobga yetgan moldan 2,5% zakot toʻlanadi, lekin foizga qarz berish — ribo.

– Aytgancha, kichkina oʻgʻrilik boʻlmaganidek, kichkina ribo degan tushuncha ham yoʻq.

©Islom Moliyasi (http://t.me/IslomMoliyasi)

Оставьте комментарий