Jismoniy va ma’naviy go‘zallik xususida
Ro‘yi zaminda biz uchun eng maroqlisi — inson chehrasidir.
Chehra — qalb ko‘zgusidir.
Inson chehrasi hamisha uning ichki olamini aks ettiradi, shu sababli, fikr yuzda aks etmaydi, deb o‘ylash xatodir.
Inson chehrasi uning tiliga nisbatan ko‘p va qiziqroq narsalarni aytib berigshi mumkin: til faqat inson fikrlarini bayon etsa, chehra — fikr mohiyatini ko‘rsatadi.
Go‘zallik — haqiqiy baxt-saodat va rasmana qahramonlik bo‘lib, u balandparvoz so‘zlarga muhtoj emas.
Go‘zal chehra o‘z nomi bilan go‘zal.
Chehrasi ochiq kishining qalbi ham ochiq.
Go‘zallik har yerda intiq kutilgan mehmondir.
Go‘zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega.
Aql uchun sog‘lom fikr lozim bo‘lganidek, tanaga , nafislik kerak.
Ma’naviy fazilatlar husnni oshiradi, lekin bizning zamonda fazilatsiz go‘zallik qalb uchun emas, faqat ko‘z uchun kerak.
Go‘zallik ba’zi xislat va belgilardan iborat emas, balki umumiy qiyofada va unda hayot mohiyati qay daraja aks etishidadir.
Yaxshi, dilkash odamni ko‘zidan ham bilsa bo‘ladi.
Dil go‘zalligi bilan yo‘g‘rilmagan hech qanday tashqi husn mukammal bo‘la olmaydi.
Ma’nosiz joyda go‘zallik bo‘lishi mumkin emas.
Tashqi go‘zallik o‘zining pinhoniy ichki olami bilan yanada qimmatlidir. Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.
Tashqi musaffolik va ko‘rkamlik, ichki musaffolik va ko‘rkamlikning ifodasi bo‘lishi kerak.
Kamtarlik bilan yo‘g‘rilgan go‘zallikkina go‘zallik deya atalishga haqli. Kamtarligi bo‘lmagan go‘zallik — go‘zallik emas, shunchaki xushbichimlikdir.
Go‘zal, kelishgan qad-qomat, ko‘rkam qiyofa, xushovozli kishining oshig‘i olchi bo‘lishi mumkin. Lekin go‘zallikka ortiqcha baho berib yuborish yaramaydi: boshqa fazilatlar bilan uyg‘unlashmagan go‘zallik zarar keltirishi ham mumkin.
Go‘zallik manmanlikni tug‘diradi.
O‘ta go‘zallik, eng dilbar tashqi qiyofa ham agar hech kim shaydo bo‘lmasa uch pul.
Husni jamoli go‘zal odamlar ko‘pu, lekin ularning ichki olamlari maqtasa maqtagudek emas.
Bema’ni go‘zallik — go‘zallik emas. Befahm sohibjamolga tikil: yuzidagi har bir belgiga, jilmayishi, qarashlariga razm solib ko‘rsang — uning go‘zalligi bora-bora aqlni tang qoldiradigan darajadagi bema’nilikka aylanadi.
Husn — shabnam kabi o‘tkinchidir.
Dunyoda faqat go‘zalgina bo‘lgan ayol hayotidan ham qayg‘uliroq hayot yo‘q.
Go‘zallik — bu qisqa muddat hokimlik qiladigan qirolichadir.
Go‘zallikka boshqa olijanobliklarni ham qo‘shishga intiling.
Men o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga muhtoj bo‘lmagan, o‘zida ma’naviy fazilatlarni namoyon etgan go‘zallikni afzal ko‘raman.
Tan go‘zalligi haqiqiy oshiqlarni shaydo qilishi mumkin, ularni bir umr maftun etish uchun esa qalb go‘zalligi talab qilinadi.
Oqila qiz qilgan ishni husndor qiz hech qachon qilolmaydi.
Ayollarda go‘zal bo‘lmoqlikning birgina, lekin jozibador bo‘lmoqlikning esa yuz ming imkoniyati bor.
Samimiylik ham xuddi husn va aql kabi ehsondir.
Sahovat go‘zallikdan ko‘ra afzalroq.
Ezgu nom go‘zal chehradan afzalroqdir.
Nafosat — bu ma’naviy ezgulik ramzidir.
Qalb go‘zalligi hatto xunuk tanga ham ko‘rkamlik baxsh etadi, xuddi shuningdek, qalb bema’niligi eng ajoyib qiyofaga va tanning eng dilbar a’zolariga ham qandaydir alohida dog‘ tushiradiki, ular bizda cheksiz ijirg‘anish uyg‘otadi.
Aql yetukligi husn o‘rnini bosishi mumkin.
Joziba chehraga qaraganda ko‘pincha aqlda mujassamdir, chunki yuz husni yaqqol ko‘zga tashlanadi, uning kutilmagan sir-asrori yo‘q; biroq aql o‘sha kishi istagiga qarab, u xohlagan me’yorda oz-ozdan namoyon bo‘la boradi.
Ko‘pchilik tomondan e’tirof etilgan olijanob fazilatli va oqil odam garchand badburush bo‘lsa xam xunuk sanalmaydi: badburushlik aslida boru, ammo u diqqatni tortmaydi.
Go‘zallik — bu erkin qalb va mustahkam sog‘liq samarasidir.
Go‘zallik o‘zini-o‘zi payqamagan taqdirdagina yaxshi.
Yaxshi xulq chehra ko‘rkiga qaraganda ming chandon afzalroqdir. Yaxshi xulq sizni maftun etsa, husn faqat diqqatni tortadi.
Maftunkorlik — yashnab turgan go‘zallikdir.
Yoshligi bo‘lmagan husn ham, husni bo‘lmagan yoshlik ham bir xilda benafdir.
Dunyoda qoraygan muskul va silliq badandan ham ko‘rkamroq libos bo‘lishi mumkinmi.
Yal-yal yongan yoshlik husni ortiqcha pardoz-andoz kasridan gullagan paytidayoq xazon bo‘ladi.
Serxasham liboslar husnni buzadi.
Go‘zallik ortiqcha hashamga zo-oz emas — unga ko‘proq odmilik yarashadi.
Biz ortiqcha hashamatsiz go‘zalroqmiz.
Tashqi qiyofani bezayvermasdan ma’naviy olamni bezash kerak.
Madaniyat bilan tashqi jilo — butunlay boshqa-boshqa narsalardir.
Hurmatga loyiq boshga hammavaqt ham go‘zal qalpoq kiyilavermaydi.
Patlari chiroyli to‘tiqushdan o‘zga yana qanday suluv nodon bo‘lishi mumkin?
Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy bo‘lishga harakat qiling: odob — ko‘rkamlik, isrofgarchilik esa — oliftalik belgisidir.
To‘ning xohi shohi va yo beqasam,
Pala-partish kiyinish ma’naviyatning susayganligidan dalolat beradi, bu pala-partishlik va qaysarlik tagida riyokorlik yashiringan bo‘lishi ham mumkin.
Inson hayotida tashqi ko‘rinish ham katta ahamiyatga ega, iflos va irkit kishi o‘z xatti-harakatlarini jilovlay olishini tasavvur qilish qiyin.
Ust-bosh, xona, zinapoya, dastgohlar estetikasi odob estetikasidan zarracha kam ahamiyat kasb etmaydi.
У этой записи один комментарий
Добавить комментарий
Вы должны быть авторизованы, чтобы оставить комментарий.
My brother recommended I might like this blog. He was entirely right. This post truly made my day. You can not imagine simply how much time I had spent for this information! Thanks!