Kalipsol — narkoz vositasi.

DO`STLARGA ULASHING:

Kalipsol — narkoz vositasi.

#Kalipsol
#Калипсол

💊Dori shakli : 10 ml flakon ampula ko’rinishida

💊Tarkibi : 👇

ketamin gidroxlorid moddasi

💊Ta’sir qilishiga ko’ra 👇

Anesteziya vositasi. Narkoz vositasi.

💊Qo’llanilishi 👇

— Umumiy anesteziyada
— Operatsiyalardan oldin gi narkoz vositasi sifatida
— Kuchli travmadan keyingi shok holatida
— Kuyish holatidagi xirurgik aralashuvlarda

💊Qabul qilish usuli 👇

Mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi.

Preparatni aslo o’zingiz qo’llashingiz mumkin emas.

Shifokor anesteziolog o’zi qo’llashi kerak . EADA SAQLANG .

🚫Nojo»ya ta’siri 👇

— Ko’z ichki bosimi oshishi
—Nafas markazi ning funksiyasining pasayishi
— Mushaklar tonusi pasayishi
— Bronxial astma kuchayishi
— Taxikardiya
— Qon bosimi oshishi
— Ko’ngil aynish
— Ko’p so’lak ajralishi
— Venadan yuborganda og’riq va giperemiya.

❌Qo’llashga qarshi ko’rsatma 👇

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Gipertoniyada , ya’ni qon bosimi baland bo’lganda
— Stenokardiyada
— Miokard infarktida
— Surunkali buyrak yetishmovchilihida
— Bosh miyada qon aylanishi buzilganda
— Epilepsiya kasalligida
— Xomiladorlikda va emizish davrida

💊ESLATMA 👇

Kalipsol narkoz vositasi ni amaliyotda ko’p ko’ramiz. Gohida ketamin degan narkoz vositasini ham ko’ramiz. Ketamin bilan kalipsol narkoz vositalari ning ikkovi ning ham ta’siri bir xil.

Kalipsol preparati 2 — 3 xil dozada chiqadi. Preparatni faqat anesteziolog shifokor qo’llash kerak. ( Esda saqlang ).

💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Vengriya.

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek