Ibuklin yunior tabletkasi — og’riq , yallig’lanishga qarshi va isitma tushiruvchi vosita

DO`STLARGA ULASHING:

?Ibuklin yunior tabletkasi — og’riq , yallig’lanishga qarshi va isitma tushiruvchi vosita.
Detskiy ( yosh bolalarniki ) ibuklin yunior ☝️.
3 yoshdan 12 yoshgacha mumkin.
#Ibuklin yunior
#Ибуклин юниор
?Dori shakli : Tabletka
?Tarkibi :
Ibuprofen , paratsetamol
?Ta’sir qilishiiga ko’ra :
Nosteroid yallig’lanishga qarshi vosita.
?Qo’llanilishi
— Bo»g»imlar va umurtqa pog’onasining yalliglanishida.
— Revmatoid va revmatik artritda
— Osteoartrozda
— Podagrada
— Radikulit da
— Nevralgiya da
— Mialgiyada
— Bosh va tish ogrigida
— Jarohatlarda
—Kuyishlarda
— Lor a’zolari va kichik chanoq a’zolari ning yallig’lanish kasalligida gi og’riqlarda.
— Infeksion -yallig’lanish kasalliklaridagi isitmada .
Bolalarda qo’llanilishi ?
— Isitmasi chiqqanda
— Tish og’rig’i , paylarni cho’zilishi
— Suyak sinishi dagi og’riqlarda.
— Sinusit , tonzillit da
— Faringit , traxeit , laringit da yordamchi davo sifatida qo’llaniladi.
?Qabul qilish usuli va dozasi
⭐️Kattalarga 0,5 -1 tabletkadan kuniga 2 — 3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 3 tabletka gacha.
Og’riq qoldirish uchun 5 kundan ortiq, isitmani tushirish uchun preparatni 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
12 yoshdan o’tgan bolalarga sutkasiga 1 ta tabletkadan 2 marta buyuriladi.
⭐️ Yosh bolalar uchun quyidagicha ?
Yosh bolalarda preparatni qabul qilishdan oldin tabletkani 1 choy qoshiq ( 5 ml ) suvda eritish kerak. Sutkasiga 2 — 3 marta qabul qilinadi.
12 yoshdan kichik bolalarga detskiy ibuklin yunior tabletkasi beriladi.
3 — 6 yoshli bolalarda sutkasiga 2 tabletka ( detskiy ibuklin yunior tabletkasi ).
6 -12 yoshgacha bo’lgan bolalarda sutkasiga 3 — 4 tabletka gacha bersa boladi.
Preparatni qayta qabul qilishlar orasidagi minimal vaqt — 4 soat.
Bolalarda ham preparatni og’riq qoldirish uchun 5 kundan ortiq , isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
?Nojo’ya ta’siri
— Ko»ngil aynish , qusish
— Anoreksiya
— Me’da ichak sistemasining yara kasalligi ni keltirib chiqarishi mumkin.
—Uzoq qo’llanilganda jigar faoliyati buzilishi
— Gepatit bo»lish kabi nojo’ya ta’sir kuzatilishi mumkin.
— Bosh og»rig’i , bosh aylanishi, uyquni buzilishi
— Kamqonlik kuzatilishi mumkin ( uzoq qo’llanganda).
— Uzoq qo’llanilganda buyraklar faoliyatining buzilishi kuzatilishi mumkin.
— Teri toshmasi , kvinke shishi kuzatilishi mumkin.
?Qo’llash mumkin bo»lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligida.
— Jigar va buyrak kasalliklarida
— Me’da ichakdan qon ketganda
— Aspiringa bog’liq bronxial astmada
— Qon tizimi kasalliklarida
— Xomiladorlik va emizish davrida
— 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga mumkin emas ( kichik bolalarga detskiy ibuklin yunior beriladi).
— Qon bosimi baland yuradigan kishilarga qabul qilish mumkin emas.
?ESLATMA : Ibuklin yunior preparati kattalar va bolalar uchun alohida chiqarilgan. 12 yoshdan kattalarga katta larni ibuklin yunior preparatini beriladi. 12 yoshdan kichiklarga esa detskiy ( kichik bolalarni) ibuklin yunior beriladi. Dorixonadan so’raganizda e’tiborli bo’ling.
3 yoshdan kichik bolalarga ibuklin yunior preparati berilmasin.

Оставьте комментарий