Kesh nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Kesh nima? (https://telegra.ph/file/0f348a355ba0f3f462d51.jpg)?

Uyali telefonlar va tarmoqlarda “kesh” (ing. cache) atamasi, odatda, telefon yoki tarmoqdagi yaqin kelajakda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning nusxalarini saqlaydigan xotira maydonini anglatadi. Bu bilan veb-sahifalar va ilovalarga tezroq kirish mumkin bo‘ladi.

Masalan, telefoningizda veb-sahifaga kirganingizda, uning nusxasi telefonning kesh xotirasida saqlanishi mumkin. Agar o‘sha sahifa qayta so‘ralsa, sahifaning internetdan qayta yuklab olinishini kutish o‘rniga, sahifa darhol keshdan ko‘rsatilishi mumkin.

Shunday qilib, elektron keshdagi ma’lumot tezkor kirish uchun axborotning ikkilamchi nusxasi hisoblanadi.

☝?Telefon sozlamalaridagi ilovalar bo‘limiga o‘tib, har bir dastur xotiradan kesh uchun qancha joy egallab turganligini bilish va uni tozalab turish (https://t.me/itspecuz/2412) mumkin. Keshni butun telefon bo‘ylab tahlil qilib tozalash uchun CCleaner mobil ilovasi (https://t.me/itspecuz/4378)dan foydalanish tavsiya etiladi.

? Mirzoxidbek @terabaytuz

Оставьте комментарий