DO`STLARGA ULASHING:
Karonaviruslar – bu qobiq bilan oʼralgan RNK virus boʼlib, xar xil darajada nafas yoʼllari kasalliklari (oddiy tumovdan to ogʼir zotiljamgacha) keltirib chiqaradi.
Koronavirus birinchi marta 1930 yilda parrandalarda topilgan. Xozirda koronavirusni koʼplab turi aniqlangan boʼlib, ular asosan xayvonlarda nafas yoʼllari, oshqozon-ichak, jigar va nerv sistemasi kasalliklari keltirib chiqaradi. Koronavirusni faqat 7 xili odamda kasallik chaqiradi.
Koronavirus infektsiyasi koʼpincha oddiy tumov keltirib chiqaradi. Koronavirusni 229E va OC43 serotiplari tumov chaqiradi; NL63 i HUK1 serotiplari xam asosan oddiy tumov keltirib chiqaradi, faqat baʼzida zotiljam keltirib chiqarishi mumkin. Bu koʼproq chaqaloqlarda, qarilarda va immun sistemasi zaiflashgan kishilarda kuzatiladi.
Qolgan uchta serotipi nisbatan ogʼir va baʼzida oʼlimga sabab boʼluvchi kasalliklar keltirib chiqaradi. Bular 21 asrda oʼlimga olib boruvchi zotiljam kasalligi yirik epidemiyasi sababchisi boʼldi.
TORS-KoV2 – bu yangi koronavirus boʼlib, 2019 yilda Xitoyning Uxanь shahrida boshlanib, butun dunyoga tarqalgan COVID-19 kasalligi qoʼzgʼatuvchisi xisoblanadi.
2012 yilda MERS-CoV Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) qoʼzgʼatuvchisi ekanligi aniqlandi.
2002 yil oxirida SARS-CoV oʼtkir ogʼir respirator sindrom (SARS) qoʼzgʼatuvchisi ekanligi aniqlandi.
COVID-19
COVID-19 birinchi marta 2019 yilning oxirida Xitoyning Uxanь shahrida aniqlangan, va shundan beri butun dunyoga shiddat bilan tarqalmoqda.

Пингбэк: sbo
Пингбэк: scrum velocity
Пингбэк: 월드컵티비
Пингбэк: Chocolate covered mushrooms