Lab boʼyogʼini tanlash

DO`STLARGA ULASHING:

Lab boʼyogʼining rangini yuz, koʼz, soch va kiyimning rangiga mos keladigan qilib tanlash tavsiya etiladi. Kunduzi va kechqurun labga tusi turlicha boʼlgan boʼyoq surtish lozim. Kunduzgi lab boʼyogʼining rangi kechqurungi lab boʼyogʼi rangiga nisbatan och va tusi ancha yumshoq boʼlishi kerak.

Oq yuzli ayollar modadan qatʼiy nazar toʼq rangli lab boʼyogʼini ishlatmasliklari kerak, chunki u yuzni qari va dagʼal qilib koʼrsatadi. Bugʼdoy rang yuzli va qoramagʼizdan kelgan ayollar och rangli va juda och rangli lab boʼyogʼini ishlatmasliklari kerak, ular oʼrtacha toʼq rangdagi boʼyoqlardan foydalanganliklari maʼqul. Qoʼngʼir sochli ayollarga rangi oʼrtacha och, oq-sariq sochli ayollarga esa och rangli lab boʼyoqlari toʼgʼri keladi.
Pardoz lab boʼyoqlaridan tashqari, rangsiz lab boʼyogʼi ham mavjud. Bunday boʼyoq tarkibida boʼyagichlar boʼlmaydi va u faqat lab terisini yumshatadi, labni shamolda qotishidan, qurushqoqlikda, yorilishidan saqlaydi.

Оставьте комментарий