Lesoto

DO`STLARGA ULASHING:

Lesoto

Lesoto (Lesotho), Lesoto Qirolligi (Kindom of Lesotho) — Janubiy Afrikadagi davlat. Hamma tomoni JAR xududi bilan oʻralgan. Maydoni 30,3 ming km². Aholisi 3.477 mln. kishi (2017). Poytaxti — Maseru shahri Maʼmuriy jihatdan 10 okrug (district) ga boʻlingan.

Lesoto — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 yilda qabul qilingan (2001 yil martda tuzatishlar kiritilgan). Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi — qirol (1996 yildan Letsiye III). Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament — Millat majlisi va se-natdan iborat. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Оставьте комментарий