Lionel Messi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

DO`STLARGA ULASHING:

Mashhur futbol yulduzi Lionel Messi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
— Messi bir kalendar yilida eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. U 2012-yilda jami 91ta gol urgan (https://spyn.co/blog/interesting-facts-lionel-messi/).
— Messi deyarli barcha gollarini uni birinchi marotaba qoʻlidan yetaklab futbolga olib borgan buvijonisi Selia Oliveraga bagʻishlaydi (https://www.discoverwalks.com/blog/top-10-facts-about-lionel-messi/).
— Messi “El Clasico”lar tarixida eng koʻp gol urgan va eng koʻp assistentlik qilgan futbolchi hisoblanadi (https://www.discoverwalks.com/blog/top-10-facts-about-lionel-messi/).
— Messining birinchi futbol shartnomasi salfetkada tuzilgan. Ajoyib mahoratini koʻrgan Barselona klubi sport direktori u bilan darhol shartnoma tuzishni istagan va oʻsha mahalda qogʻoz topa olmay, salfetkadan foydalangan (https://www.discoverwalks.com/blog/top-10-facts-about-lionel-messi/).
— Messida ikki davlat fuqarolik pasporti mavjud: Argentina va Ispaniya. Futbol boʻyicha jahon chempionatiga kelganda esa u doimo Argentina fuqarolik pasportini tanlaydi (https://spyn.co/blog/interesting-facts-lionel-messi/).
— Lionel Messi dunyo tarixida eng koʻp futbol boʻyicha oltin toʻp sohibi hisoblanadi (https://www.statista.com/statistics/321172/multiple-winners-of-fifa-football-ballon-d-or/). Unda jami 6ta oltin toʻp mavjud.

Оставьте комментарий