Maktab o‘quvchilariga oltin medal berish shartlari qanday?

DO`STLARGA ULASHING:

❓ Savol: Maktab o‘quvchilariga oltin medal berish shartlari qanday? Shu haqida batafsil ma’lumot bersangiz.
✅ Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tacdiqlangan.
✅ Unga ko‘ra, oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
✅ Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Оставьте комментарий