Maktab haqida sara sherlar to’plami

DO`STLARGA ULASHING:

Maktab haqida va qadirdon sinfdoshlar haqida bir biridan ajoyib sherlar to’plami. Marhamat tanishib chiqishingiz mumkin.

Birinchi ustoz

Qalam tutib qo’limga ilk bor,
Yozuv chizuv o’rgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni ko’p bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!

Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
O’quvchimas sizga go’yo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!

Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!

Ko’p ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz o’rgatdiz bizga.
Bolada sho’xliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!

Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Ko’chada ko’rganda o’g’il,qizlarim,
Qayta o’qisaydim birinchi Ustoz!

Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
O’tgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!

Shamshod Safar o’tdi yoshliging,
Ko’p beg’ubor ko’p sho’xliging.
Armon bo’ldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!

Sinfdoshlarim

Eslab yoshlik chog’larim,
Ko’zdan oqar yoshlarim,
Omonmisiz, Bormisiz?
Aziz Sinfdoshlarim!

Ko’z oldimda ko’zingiz,
Qulog’imda so’zingiz,
Ko’rgim kelar o’zingiz,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Sho’xligimiz bir osmon,
O’ynar edik shodumon,
Esingizdami, hamon,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Salom sinfdosh qizlar!
Xusni oy go’zal yuzlar,
Xali ham o’shasizlar,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Har kun yo’lingiz kutib,
Sochlaringizdan tortib,
Yurardim gaplar otib,
Аziz, Sinfdoshlarim!

Ko’ngli quchog’idan keng,
Biri yoqa, biri yeng,
Yaqinimsiz meni eng,
Aziz, Sinfdoshlarim!

G’animatmiz o’ylaylik,
Bir-birimiz yuqlaylik,
Oqibatli bo’laylik,
Aziz, Sinfdoshlarim!

Ustoz haqida sher

Ulug’ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o’sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go’yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug’ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Salom maktab — Jon maktab

Bog‘cha bilan xayrlashdik,
O‘sib qoldik, chayrlashdik.
Bog‘chadagi o‘g‘il qizlar,
O‘quvchimiz endi bizlar.

Olti yoshga to‘lib qoldik,
Maktabjonga kulib keldik.
Salom maktab, salom maktab,
Salom maktab!

Maktab bag‘ri issiq ekan,
Kitoblari qiziq ekan.
Keng sinfga to‘lib-to‘lib,
Dars tinglaymiz xushyor bo‘lib.

Yetti yoshga to’ldim men

Yetti yoshga toʻldim men,
Rosa oʻynab-kuldim men.
Endi navbat oʻqishga,
«Alifbe» oʻrganishga.

Xayr sevimli bogʻcham,
Xayr oʻyinchoqlarim.
Men maktabga boraman,
Xayr qoʻgʻirchoqlarim.

Ertaklarni oʻrgatgan,
Uxlasak alla aytgan,
Xayr bogʻcha opajon,
Sogʻ boʻlingiz har qachon.

Biz bilan qoʻshiq kuylab,
Biz bilan sheʼr yod olgan.
Xayr, musiqa ustoz,
Sogʻinamiz sizni rost

Sport maydonchasida
Chiniqib kuchga toʻldik.
Bir-birimizni quvlab,
Oʻyinga ham xoʻp toʻydik.

Axil-inoq boʻlgancha,
Oʻynadik bekinmachoq,
Nogoh topib olganda,
Sevindik birga shu choq.

Vatan, ona soʻzining,
Maʼnosini bildik biz.
Hur oʻlkam madhiyasin,
Quloqlarga ildik biz.

Davlatim bayrogʻini,
Shon-shuhrat mayogʻini,
Ranglar maʼnosin anglab
Tushundim yarim oyini.

Xumo qushi qanotin,
Yozib turgan baralla,
Yurtim gerbi haqida,
Soʻzlab beray jaranglab.

Xayr qoʻgʻirchoqlarim,
Hayr oʻyinchoqlarim,
Xayr bogʻcham, jon bogʻcham,
Menga qadrdon bogʻcham.

Salom maktab

Salom, jonajon maktab,
Tabarruk makon, maktab!
Qalbga ilm nurin sochgan,
Bamisli oftob maktab!

Chorlading quchog’ingga,
Keldik bilim bog’ingga,
Munis ona misoli
Bizga mehribon, maktab.

Nur taratgan shamsimon,
Ilm bog’iga bog‘bon,
Ustozlar ta’lim berar,
Biz niholsimon, maktab.

Qancha buyuk insonlar,
Alloma-yu jahonlar,
Senda olishgan ta’lim,
Sen – nurli bo‘ston, maktab!

Оставьте комментарий