MA’NAVIY ZARAR

DO`STLARGA ULASHING:

MA’NAVIY ZARAR

⚡️Savol:
Ma’naviy zarar nima va u qanday xisoblanadi ?

⚡️Javob:
Ma’naviy zarar deganda jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati yoki harakatsizligi oqibatida u boshidan kechirgan ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og‘riq, zarar ko‘rish, noqulaylik vh..) azoblar tushunilishi kerak.

📃 Fuqarolik kodeksi 1022-moddasiga ko‘ra,
ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi.

🟢 Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim. Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda fuqarolik sudi tomonidan baholanadi.

❗️Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.

✏️ Ya’ni, aybdor shaxs jabrlanuvchiga yetkazilgan mulkiy zararni to‘lash bilan qutilmasdan, sud tomonidan manaviy zarar xam to‘lashi belgilangan bo‘lsa, mulkiy zarardan tashqari alohida ma’naviy zararni xam to‘laydi.

Оставьте комментарий