Mandarin poʻstlogʻining foydali xususiyatlari haqida bilasizmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Mandarin poʻstlogʻining foydali xususiyatlari haqida bilasizmi?

✍️ Shifokor Nasiba Rajabova:

🍊 Mandarin poʻstlogʻi oʻzida efir moylarini saqlaydi va koʻpgina kasalliklarga davo boʻladi.

✅ Shamollashda. Mandarin poʻstlogʻi burun bitishida juda yaxshi foyda beradi. 2-3 ta mandarin poʻstlogʻini ustiga qaynoq suv solib, 10 daqiqa tindirgandan soʻng, ushbu damlamada bugʻli vanna qilib, nafas olinsa, burun bitishini davolaydi.

✅ Diabet. Poʻstloq qondagi qand miqdorini pasaytiradi. Buning uchun 3 dona mandarinning poʻstlogʻini 1 litr suvga solib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Damlamani sizib olish shart emas. Soʻngra muzlatgichga solib qoʻyiladi. Har kuni ertalab va kechqurun ovqatdan soʻng ichiladi.

✅ Saraton profilaktikasida. Mandarin poʻstlogʻi oʻzida koʻplab antioksidantlar saqlaydi va saraton hujayralari paydo boʻlishining oldini oladi.

Manba (https://t.me/soglomhayotuz/2996)

Оставьте комментарий