Marokash Qirolligi

DO`STLARGA ULASHING:

Marokash Qirolligi
المملكة المغربية
Al-Mamlakah al-Maġribiyyah

Marokash, Marokash Qirolligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki Al-Magʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shimoli-gʻarbidagi davlat. Maydoni 446,5 ming km². Aholisi 29,6 mln. kishi (2019). Poytaxti—Rabot shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi.

Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996 yil referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999 yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.

Оставьте комментарий