Mekoniy nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Mekoniy nima?

Mekoniy — chaqaloqning dastlabki najasi.
Chaqaloq hayotining 1 –2 kunlarida ajralib chiqadi, u hidsiz, to’q zaytun rangli quyuq yopishqoq modda ko‘rinishida bo‘ladi. Bolaning ichaklaridagi tug’ilish oldida yig’ilgan va birinchi marta emizilgandan so’ng yig’ilib qolgan ichaklardagi barcha moddalar «mekoniy» termini bilan ifodalanadi. Mekoniy tarkibi ichak epiteliy hujayralari, oshqozon osti bezi va ichak shirasi, safro, yo’ldosh atrofidagi suvlarning yutilgani, teridan tushgan hujayralar qoldiqlari va lanugo dan iborat bo’ladi. Mekoniyning hajmi 60–200 g ni tashkil qiladi va ko’p holatlarda dastlabki 12 soat mobaynida organizmdan chiqib ketadi. Ayrim holatlarda bu muddat 48 soatga va kamdan kam hollarda 72 soatgacha cho’ziladi. Mekoniyning kimyoviy tarkibi tekshirilganda kam miqdorda yog’ aniqlanadi va oqsil deyarli uchramaydi. Faqatgina og’ir nasliy kasalliklar bilan tug’ilgan bolalar guruhi istisno qilinadi – mekoniyda albumin tarkibi keskin ko’payadigan oshqozon osti bezining kistofibrozida. Epitelial hujayralarning mekoniy tarkibida yo’qligi chaqaloqda ichak tutilishi borligi alomati bo’lishi mumkin. Mekoniyda yo’ldosh suvlari mavjudligi tug’ilish oldidan ona qornidagi asfiksiya mavjudligini ko’rsatadi.

© Doctor Muxtorov

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek