Miyani mashq qildirish uchun eng yaxshi ilovalar

DO`STLARGA ULASHING:

Miyani mashq qildirish uchun eng yaxshi ilovalar

Inson miyasi noyob organdir, ammo uning resurslaridan maksimal darajada foydalanish uchun uni mashq qildirib turish kerak. Bu uchun ko‘plab usullar mavjud: kitoblar o‘qish (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1244), krossvordlar yechish, jumboqlar yoki matematik masalalarni hal qilish mumkin. Ammo ko‘pchilikning bunga vaqti yetmaydi, shuning uchun doim qo‘l ostida bo‘lgan smartfon yordamga keladi.

• Mnemonist — trenirovka pamyati i mozga (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.shirokovapp.mnemonist) (xotira va miya mashg‘ulotlari)
Miyasini «qiynashni» yaxshi ko‘radiganlar uchun qiziqarli va foydali ilova. Vazifalar oddiy — so‘zlarni yodlash, eslash, darajalarni bosib o‘tish. O‘yin shakli va motivatsion bildirishnomalar mashg‘ulotlardan voz kechishga imkon bermaydi. Ilovada yod olishning asosiy usullari ko‘rsatilgan. Ularning yordamida o‘nlab va hatto yuzlab so‘zlarni yodlashingiz mumkin.

• Fenomenalnaya pamyat — razvitiye mozga i pamyati (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.shirokovapp.phenomenalmemory) (Fenomenal xotira — miya va xotirani rivojlantirish)
Ushbu ilova William Atkinson ning «Memory development and taking care of it» (Xotirani rivojlantirish va parvarish qilish) kitobi asosida yaratilgan. Asosiy g‘oya shundan iboratki, xotira, xuddi mushaklar kabi doimiy takrorlanadigan yengil mashqlar yordamida asta-sekin rivojlanishi kerak. Xotirani rivojlantirishdan tashqari, ilova sevimli she’rlaringiz, qo‘shiqlaringiz matnlarini saqlaydigan joyga aylanishi mumkin.

• Math | Pazli i matematicheskaya igra (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.BlackGames.MathRiddles) (Jumboqlar va matematik o‘yin)
Matematik jumboqlar, geometrik shakllarda yashiringan intellektual o‘yinlarni o‘ynaganingizda matematik qobiliyatingizni ochib beradi. Geometrik shakllardagi raqamlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish orqali miyaning ikkala yarim sharini mashq qildirasiz va ongingiz chegaralarini sezilarli kengaytirasiz.

• Logika slov — logicheskiye igri (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.lunappstudio.orderofwords) (So‘zlarning mantiqiyligi — mantiqiy o‘yinlar)
Barcha rasmlarni 🖼 🔤 so‘zlari bilan bog‘lang va u yerda nima shifrlanganligini toping. Mantiqingiz qanchalik yaxshi ekanligini tekshiring! So‘zlarni topishingiz uchun qancha vaqt ketadi? Yuzlab turli darajalar zerikishingizga imkon bermaydi.

• Skorochteniye — razvitiye mozga (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.speedreading.alexander.speedreading) (Tez o‘qish — miya rivojlanishi)
Bu ajoyib miya trenajyori bo‘lib, nomidan farqli o‘laroq, faqat kitob o‘qish tezligini oshirishga mo‘ljallanmagan. Ilovada maxsus tanlangan trenajyorlar raqamlar va so‘zlarni tezda yodlashni o‘rganishga, diqqatni jamlash qobiliyatini oshirishga, ko‘rish maydonini kengaytirishga va o‘qish tezligini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.

• Trenirovka pamyati i mozga (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.oxf.memory) (Xotira va miya mashg‘ulotlari)
Dahoning (geniy) miyasi tug‘ma hodisa emas, balki hayot davomida ta’lim orqali erishiladi, bu esa aslida miya va xotiraning doimiy mashg‘uloti deganidir. Ushbu ilova 3 ta trenajyorni o‘z ichiga oladi va ularning miya rivojlanishi uchun samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan: 1. Matematika, 2. So‘zlarni yodlash, 3. Ctrup vazifasi (strup test)

• Mnemocon — razvitiye Pamyati i Vnimaniya Trenajer uma (https://play.google.com/store/apps/details?id=ru.mnemocon.application) (xotira va diqqatni rivojlantirish ong trenajyori)
Ilovada ma’lumotni tez va sifatli yodlash usullarini o‘rganish uchun mashqlar kursi mavjud. Agar tug‘ilgan kunlarni, yangi tanishlarning ismlarini yoki biron bir narsaning ro‘yxatini eslab qolish qiyin bo‘lsa, unda ushbu ilova buni tuzatishga yordam beradi.

Shu turdagi boshqa ilovalar:
— Treniruy Mozgi
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.grovefx.mind)- Igri na trenirovku pamyati
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tellmewow.senior.memory)- ABrain Uluchshi svoyu pamyat
(https://play.google.com/store/apps/details?id=alex.education.a_brain)- ReaderPro Skorochteniye i razvitiye mozga
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.Store.ReaderPro)- Brain Training Logic Puzzles
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.psp.brainmindgames)- Trenirovka mozga
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.braingames.braintraining)- razvivayushiye igri dlya vzroslogo
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.raghu.braingame)- Igri na vnimaniye
(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tellmewow.senior.attention)- Oxford razvitiye mozga pamyati i intellekta

(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.oxf.oxford)#APK

Оставьте комментарий