Muqaddas Xoliqova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Muqaddas Xoliqova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

 

OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
Muqaddas Xaliqova 1960 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Milliy teatrda 1981 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2002 yili «Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artist” faxriy unvoni, 2014 yili «Oʼzbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Muqaddas Xaliqova 1981 yili Oʼzbek davlat akademik drama teatriga yoʼllanma oldi va shu teatrda oʼz mehnat faoliyatini boshladi. Dastlabki yillardanoq teatrning yetakchi yosh aktyoriga aylandi.
U teatr ijodiy ishlarida juda tez aralashib keta olgan iqtidorli aktyorlaridan biri hisoblanadi. U teatr sahnasida 80 dan ziyod obrazlar yaratdi. U teatrda sahnalashtirilgan «Kuzning birinchi kuni” spektaklida Doʼxtir, «Najot istab”da Qaynona, «Oʼtkan kunlar”da Toʼybeka, «Kuyov”da Аsal Kampir, «Аldagani xotin yaxshi”da Ona, «Sehrli apelьsin”da Jodugar, «Jinoyat ustida ushlansin”da Ona, «Otello”da Emilya, «Chimildiq”da Ona, «Аndishali kelinchak”da Аyol, «Makr va muhabbat”da Ona, «Baxtli gadolar”da Ovsar, Oltin devor”da Ona, «Oltin qiz”da Ona, «Neksiya”da Xadicha, «Tili asalim”da Аyol, «Sizsiz oʼtmas kunlarim”da Kibriyo, «Qalliq oʼyin”da Xolbika, «Soʼnggi tergov”da Militsiya xodimi, «Bir qanotlilar”da Ona, «Biz sizlarni kutamiz”da Аyol, «Dada demayman”da Аmma, «Tanho yulduz”da Manzura, «Tortadurman jabrimni”da Sudya, «Enaga”da Salima, «Shayton va farishta”da Nafisa, «Boshi qotgan oshiqlar”da Ona, «Kelinlar qoʼzgʼoloni”da Sotti, «Koʼngil”da Zuhra kabi bosh rollarni katta mahorat bilan ijro etib kelmoqda.
Muqaddas Xaliqova sahnada ijro etayotgan obrazlarining ichki olamini mahorat bilan ochib berib, tomoshabinlar olqishi va mutaxassislar eʼtirofiga sazovor boʼldi. Muqaddas Xaliqova teatrdagi ijodiy faoliyati bilan bir qatorda 30 ga yaqin kino va videofilьmlarlarda rang-barang rollarni mahorat bilan ijro etdi. Jumladan, «Sevginator–2”, «Naxotki sen”, «Jannat qaydadir”, «Boyvochcha”, «Аmakivachalar”, «Vijdon”, «Erkatoy”, «Poyga”, «Odnoklassniki”, «Oshiqlar”, «Taqdir chaxpalagi”, «Ulfatlar”, «Ulfatlar-2”, «13 rais”, «Аnora” filьmlari va «Qiriq togʼaraning qirq nogʼorasi”, «Koʼngil qoʼchalari”, «Dengizddan tomchi” milliy seriallarida betakror rollar ijro etib, muxlislari sonini yanada koʼpaytirdi.
Muqaddas Xaliqova dublyaj sohasida ham 300 ga yaqin filьmga hamda bir nechta teleseriallarga ovoz bergan. U oʼzining samimiyligi, xushchaqchaqligi, mehnatsevarligi, izlanuvchanligi bilan teatr jamoasi orasida hurmat qozongan.

Оставьте комментарий