DO`STLARGA ULASHING:
Yanvar
1 yanvar – Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.
1 yanvar – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun
(2004).
1 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi hamda Slovakiya Respublikasi bilan
o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
1 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi hamda Chexiya Respublikasi bilan
o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
2 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Jahon metrologiya tashkilotiga (JMT)
a’zo bo‘lgan kun (1993).
2 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim,
filologiya fanlari doktori, professor Sobir Mirvaliev (1933) tavalludining 85 yilligi.
5 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar
olim Shukur Tolipovich Tolipov (1908-1990) tavalludining 110 yilligi.
7 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi hamda Turkmaniston bilan o‘zaro
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
10 yanvar – Ichki Qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992).
10 yanvar – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi FA akademigi, muhandis
gidrotexnik-miliorator olim Najim Rahimovich Hamroev (1933-1979) tavalludining
85 yilligi.
10 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Habiba Xo‘jaevna Oxunova
(1943-1994) tavalludining 75 yilligi.
11 yanvar – O‘zbekiston FA akademigi, fizik olim, fizika-matematika fanlari
doktori, professor Tolib Musaevich Mo‘minov (1943) tavalludining 75 yilligi.
12 yanvar – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, faylasuf olim Jondor Tulenovich Tulenov (1928-2003) tavalludining 90
yilligi.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (1993).
15 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Buxoro viloyati tashkil
etilganligining (1938) 80 yilligi.
15 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Toshkent viloyati tashkil
etilganligining (1938) 80 yilligi.
15 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Farg‘ona viloyati tashkil
etilganligining (1938) 80 yilligi.
16 yanvar – Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil
topgan kun (2002).
18 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar
olim Malik Nabievich Nabiev (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.
21 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi hamda Belorussiya Respubkasi
o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
24 yanvar – Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun
(1992).
26 yanvar – Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).
27 yanvar – FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,
akusher-ginekolog, meditsina fanlari doktori, professor O‘zbekiston Islom
Zohidovich Zokirov (1928-2000) tavalludining 90 yilligi.
28 yanvar – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan
kun (1992).
29 yanvar – O‘zbekiston xalq hofizi, xonanda va bastakor Jo‘raxon Sultonov
(1903-1965) tavalludining 115 yilligi.
30 yanvar – O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga qabul
qilingan kun (1992).
30 yanvar – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti,
davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov (1938-2016) tavalludining
80 yilligi.
30 yanvar – Zargarlar kasb bayrami.
Yanvar – “G‘uncha” boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jurnali nashr
qilinayotganligining (1958) 60 yilligi.
Fevral
5 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim, tarix
fanlari doktori professor Komil Oqilovich Oqilov (1928) tavalludining 90 yilligi
6 fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat
mukofoti ta’sis etilgan kun (1991).
9 fevral – Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir
Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun.
10 fevral – O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Boris Isakovich Zeydman
(1908-1981) tavalludining 110 yilligi.
10 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir
Husniddin Sharipov (1933-1915) tavalludining 85 yilligi.
11 fevral – Aeroflot kuni (1979) (har yili fevral oyining ikkinchi
yakshanbasida nishonlanadi).
13 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi tashkil etilgan kun (2001).
14 fevral – O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat
arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludining
535 yilligi.
15 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi
o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
15 fevral – O‘zbekiston FA akademigi, matematik olim, fizika-matematika
fanlari doktori professor Tursun Abdurahimovich Azlarov (1938-2012)
tavalludining 80 yilligi.
16 fevral – O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik
Tashkiloti (XIHT) ga a’zo bo‘lgan kun (1992).
16 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi
o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
17 fevral – Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).
20 fevral – O‘zbekiston xalq hofizi Boltaboy Rajabov (1878-1960)
tavalludining 140 yilligi.
21 fevral – Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO).
22 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Azim
Suyun (1948) tavalludining 70 yilligi.
23 fevral – “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun
(1991).
24 fevral – O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
fan arbobi, seleksiyachi olim Anatoliy Ivanovich Avtonomov (1898-1968)
tavalludining 120 yilligi.
24 fevral – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan
kun (1994).
24 fevral – Toshkent shahrida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat
universitet filiali tashkil topgan kun (2006).
25 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinooperator Po‘lat
Rasulov (1913-1990) tavalludining 105 yilligi.
25 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Malta Respublikasi o‘rtasida
o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
26 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti
(XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).
Mart
1 mart – Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.
1 mart – Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi
xalqaro kurash kuni.
1 mart – O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi –
YuNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.
2 mart – Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo‘lgan kun (1992).
2
mart
– O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish agentligi ta’sis etilgan kun (1992).
2 mart – O‘zbekiston tashkiloti “SIFAT” markazi kuni (1992).
2 mart – O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida yuk va yo‘lovchilar tashish
xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kun (2001)
4 mart – O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari kuni (1999).
4 mart – O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun
(1996).
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami.
8 mart – O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster va pedagog Qunduz
Mirkarimova (1928) tavalludining 90 yilligi.
10 mart – O‘zbekiston FA akademigi, turkiyshunos olim, filologiya fanlari
doktori, professor Jaloliddin Azimovich Azimov (1938) tavalludining 80 yilligi.
10 mart – O‘zbekiston FA akademigi, zoolog Ergash Ismoilovich Fozilov
(1933-2014) tavalludining 85 yilligi.
14 mart –»O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi» faxriy unvoni ta’sis etilgan
kun (1987).
14 mart – O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan
kun (1987).
15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
15 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim Hasan
G‘ofurovich Rasulov (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.
17 mart – Butunjahon Dengiz kuni.
17 mart – “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).
18 mart – O‘zbekiston futbol kuni.
18 mart – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Zuhriddin Rasulovich
Nuriddinov (1918-1988) tavalludining 100 yilligi.
21 mart – Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).
21 mart – Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).
21 mart – Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni.
22 mart – Butunjahon suv kuni (1992).
23 mart – Butunjahon metrologiya kuni (1950).
23 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog va
geomorfolog olim Yuriy Aleksandrovich Skvorsov (1898-1968) tavalludining 120
yilligi.
24 mart – Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.
24 mart – O‘zbekiston Respublikasining chegara qo‘shinlari tashkil etilgan
kun (1992)
24 mart – Toshkent shahrida Inxa universiteti tashkil topgan kun (2014).
27 mart – Xalqaro teatr kuni (1961).
28 mart – Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot
universitetining filiali tashkil etilgan kun (2001).
30 mart – Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni.
Aprel
1 aprel – Xalqaro kulgi kuni.
1 aprel – Butunjahon qushlar kuni.
1 aprel – Geologlar kuni (har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida
nishonlanadi).
2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni.
5 aprel – O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).
7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni (1948).
7 aprel – Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999).
9 aprel – Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud
topgan kun.
9 aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi
tasdiqlangan kun (1993).
12 aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).
13 aprel – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, teatr rassomi Lola
Abdullaeva (1918) tavalludining 100 yilligi.
15 aprel – Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954)
tavalludining 140 yilligi.
15 aprel – Ilm-fan kuni (har yili aprel oyining uchinchi yakshanbasida
nishonlanadi).
17 aprel – Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.
18 aprel – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.
19 aprel – O‘zbek xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
madaniyat xodimi Shuhrat (G‘ulom Aminjonovich Alimov 1918-1993)
tavalludining 100 yilligi.
22 aprel – Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yil e’lon qilingan).
23 aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni
(YuNESKOning 28-konferensiyasida 1995 yilda e’lon qilingan).
24 aprel – Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).
26 aprel – O‘zbekiston xalq shoiri, Jamol Kamol (Jamolov Kamol 1938)
tavalludining 80 yilligi.
26 aprel – Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).
26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni.
27 aprel – Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil topgan kun
(2009).
28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).
29 aprel – Xalqaro raqs kuni.
30 aprel – O‘zbekiston Respublikasi hamda Braziliya Federativ Respublikasi
o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
30 aprel – O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan
kun (1992).
May
1 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi,
tarixchi-arxeolog
olim Yahyo G‘ulomovich G‘ulomov (1908-
1977) tavalludining 110 yilligi.
1 may – Chirchiq shahar Mahalliy tarix muzeyi tashkil etilgan kun (1959).
2 may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934).
3 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, provizor olim, farmasevtika fanlari doktori, professor
Hamid Xolmatovich Xolmatov (1923) tavalludining 95 yilligi.
5 may – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali,
“Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis
etilgan kun (1994).
5 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub
Qo‘shjonov (1918-2005) tavalludining 100 yilligi.
5 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, teatr rassomi Shonazir
Shorahimov (1908-1968) tavalludining 110 yilligi.
5 may – O‘zbekiston FA akademigi, tilshunos olim, filologiya fanlari doktori,
professor Shonazar Shoabdurahmonov (1923-2011) tavalludining 95 yilligi.
7 may – Radio kuni (1895).
7 may – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (O‘zbekiston
Respublikasining 1993 yil 7 may Qonuni bilan tasdiqlangan).
8 may – Butunjahon Qizil Xoch tashkilotiga asos solingan kuni (1953).
9 may – Xotira va Qadrlash kuni – umumxalq bayrami (1999).
9 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim Habib
Tursunovich Tursunov (1913-1987) tavalludining105 yilligi.
10 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, kardiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Karim Yo‘ldoshevich
Yo‘ldoshev (1933-1999) tavalludining 85 yilligi.
10 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston xalq shoiri, yozuvchi
G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 115 yilligi.
12 may – Xalqaro hamshiralar kuni.
12 may – O‘zbekiston FA akademigi, matematik olim, fizika-matematika
fanlari doktori, professor Tojiboy Bo‘riev (1938) tavalludining 80 yilligi.
15 may – Butunjahon oila kuni (1994).
17 may – Xalqaro elektraloqa kuni (1969).
18 may – Xalqaro muzeylar kuni (1977).
19 may – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).
19 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Nazar Yo‘ldoshevich
To‘raev (1938) tavalludining 80 yilligi.
20 may – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metalurgiya sanoati xodimlari kuni
(har yili may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi) (2001).
20 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston xalq
yozuvchisi Sarvar Olimjonovich Azimov (1923-1994) tavalludining 95 yilligi.
21 may – Xalqaro metrologiya kuni (YuNESKO qarori bilan har yili shu kun
nishonlanadi).
21 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, pediatr olim,
tibbiyot fanlari doktori, professor Konstantin Gerasimovich Titov (1898-1970)
tavalludining 120 yilligi.
22 may – Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.
25 may – O‘zbekiston Respublikasi hamda Urugvay o‘rtasida o‘zaro
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1998).
26 may – O‘zbekiston xalq artisti, changchi, bastakor Baxtiyor
Toshkenboevich Aliev (1938) tavalludining 80 yilligi.
27 may – Kimyogarlar kuni (1956) (har yili may oyining oxirgi yakshanbasida
nishonlanadi).
27 may – O‘zbekistonda o‘lka patologiyasi asoschilaridan biri, jarroh va
parazitolog Pyotr Fokich Borovskiy (1863-1932) tavalludining 155 yilligi.
31 may – Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.
31 may – O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy
sahna raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboeva (1913-1978) tavalludining 105
yilligi.
Iyun
1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni.
3 iyun – Melioratorlar kuni (har yili iyun oyining birinchi yakshanbasida
nishonlanadi).
3 iyun – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 105
yilligi.
5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
10 iyun – Yengil sanoat xodimlari kuni (har yili iyun oyining ikkinchi
yakshanbasida nishonlanadi).
10 iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999).
14 iyun – Butunjahon donorlar kuni.
15 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori,
professor Hamid Ziyoev (1923) tavalludining 95 yilligi.
16 iyun – Tibbiyot xodimlari kuni (har yili iyun oyining uchinchi
yakshanbasida nishonlanadi).
17 iyun – O‘zbekiston FA akademigi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, onkolog-radiolog olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Narimon
Qodirovich Murodxo‘jaev (1928) tavalludining 90 yilligi.
17 iyun – Olimpiya yugurish kuni (har yili iyun oyining uchinchi
yakshanbasida o‘tkaziladi).
17 iyun – Butunjahon Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni.
19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni.
19 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Iroq Respublikasi bilan o‘zaro
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
20 iyun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul
qilingan kun (1990).
20 iyun – Butunjahon qochoqlar kuni.
21 iyun – O‘zbekiston FA akademigi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, jarroh olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Shavkat Ibrohimovich
Karimov (1943) tavalludining 75 yilligi.
22 iyun – Tarixchi olim Mirxond Muhammad ibn Xovandshoh (1433-1498)
tavalludining 585 yilligi.
23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni.
24 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gvineya Respublikasi bilan o‘zaro
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993)
24 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gvineya Ekvator Respublikasi
bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
24 iyun – Savdo, matbuot, kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish
xodimlari kuni (har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni.
27 iyun – O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
(1993 yil 24 iyun O‘zbekiston Respublikasi farmoni).
30 iyun – Ixtirochilar va ratsianalizatorlar kuni (har yili iyun oyining oxirgi
shanbasida nishonlanadi).
30 iyun – Bibliograf, kitobshunos, tarixchi va sharqshunos olim Yevgeniy
Karlovich Betger (1887-1956) tavallud topgan kun.
Iyul
1 iyul – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga
kiritilgan kun (1994).
1 iyul – Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).
1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985).
2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992).
4 iyul – O‘zbekiston FA akademigi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Hojiev Jovvat
(1938) tavalludining 80 yilligi.
5 iyul – Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. (O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan)
7 iyul – Xalqaro kooperatsiya kuni (1994) (har yili iyul oyining birinchi
shanbasida nishonlanadi).
8 iyul – Xalqaro baliqchilar kuni (har yili iyul oyining ikkinchi yakshanbasida
nishonlanadi).
8 iyul – O‘zbekiston FA akademigi, ximik olim, texnika fanlari doktori,
professor Boris Mixaylovich Beglov (1938) tavalludining 80 yilligi.
10 iyul – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga
to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992).
10 iyul – O‘zbekiston FA akademisi muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim Xaydar Po‘latov (1928-1993) tavalludining 90
yilligi.
10 iyul – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos,
filologiya fanlari doktori Mahmudali Yunusovich Yunusov (1918-1985)
tavalludining 100 yilligi.
11 iyul – Butunjahon xalqlari kuni (1989).
12 iyul – Ma’rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy
(1878-1934) tavalludining 140 yilligi.
13 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan
kun (1992).
14 iyul – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, patofiziolog, tibbiyot
fanlari doktori, professor Nusrat Hamidovich Abdullaev (1933) tavalludining 85
yilligi.
15 iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).
15 iyul – O‘zbekiston xalq rassomi Vladimir Pavlovich Stolyarov (1918-1971)
tavalludining 100 yilligi.
15 iyul – O‘zbekiston xalq artisti, teatr aktyori Lutfulla Nazrullaev (1903-
1962) tavalludining 115 yilligi.
20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni.
20 iyul – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, folklorshunos olim Malik
Murodov (1933-2001) tavalludining 85 yilligi.
20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”.
25 iyul – Yozuvchi va jurnalist O‘ktam Usmonov (1938-1990) tavalludining
80 yilligi.
27 iyul – O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi, dirijor Abdug‘ani Abdumalikovich Abduqayumov (1928-2002)
tavalludining 90 yilligi.
Avgust
2 avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, kimyogar olim, kimyo fanlari doktori, professor Rashidova Sayyora
Sharafovna (1943) tavalludining 75 yilligi.
4 avgust – Mahallalar kuni (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida
nishonlanadi).
5 avgust – Temir yo‘lchilar kuni (1936) (har yili avgust oyining birinchi
yakshanbasida nishonlanadi).
5 avgust – Shoir va tarjimon Abdulla Sher (Sherov Abdulla 1943)
tavalludining 75 yilligi.
6 avgust – Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni
(1946). Xirosima fojeasi kuni.
9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni.
11 avgust – Fizkulturachilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi shanbasida
nishonlanadi).
11 (24) avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
fan arbobi, fizik olim Sulton Umarovich Umarov (1908-1964) tavalludining 110
yilligi.
12 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi, kulol Muhiddin Karimovich Rahimov
(1903-1985) tavalludining 115 yilligi.
12 avgust – Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida
nishonlanadi).
12 avgust – O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.
13 avgust – O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Muhammadjon
Mirzaev (1913-1999) tavalludining 105 yilligi.
14 avgust – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, raqqosa,
baletmeyster Yelizaveta Artyomovna Petrosova (Lizaxonim 1913-1997)
tavalludining 105 yilligi.
16 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, ginekolog,
tibbiyot fanlari doktori, professor Natalya Trofimovna Raevskaya (1903)
tavalludining 115 yilligi.
18 avgust – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi FA akademigi, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, zootexnik olim Shavkat Asomovich Akmalxonov
(1933) tavalludining 85 yilligi.
19 avgust – O‘zbekiston Respublikasining havo floti kuni (1995) (har yili
avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
19 avgust – “O‘zbekiston-Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (har
yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
20 avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, texnika fanlari doktori professor Begmamat Eshkuvvatov (1938)
tavalludining 80 yilligi
22 avgust – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).
25 avgust – O‘zbekiston xalq hofizi, kompozitor, sozanda Fattohxon
Mamadaliev (1923-1999) tavalludining 95 yilligi.
26 avgust – Shaxtyorlar kuni (har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida
nishonlanadi).
27 avgust – Xalqaro Talabalar Ittifoqiga asos solingan kun.
27 avgust – Kino kuni (1979).
28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni
ta’sis etilgan kun (1998).
30 avgust – “Shon-sharaf” ordeni ta’sis etilgan kun (1995).
30 avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000).
31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001).
Sentabr
1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).
1 sentabr – O‘zbekiston xalqaro bloklarga qo‘shmaslik harakatiga a’zo
bo‘lgan kun (1992).
1 sentabr – Samarqand qo‘g‘irchoq teatri tashkil topganligining 40 yilligi
(1978).
1 sentabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi tashkil topgan kun.
2 sentabr – Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (har yili sentabr oyining birinchi
yakshanbasida nishonlanadi).
2 sentabr – Yangi 2018-2019 o‘quv yilining boshlanish kuni – Bilimlar kuni.
4 sentabr – Buyuk o‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon Muhammad ibn
Ahmad Beruniy (973-1048) tavalludining 1045 yilligi.
7 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, filosof olim, falsafa fanlari doktori professor Ibrohim Mo‘minovich
Mo‘minov (1908-1974) tavalludining 110 yilligi.
8 sentabr – Jurnalistlarning Xalqaro birdamlik kuni (1958).
9 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Argentina Respublikasi o‘rtasida
o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
9 sentabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.
10 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, matematik olim, fizika-matematika
fanlari doktori, professor Mirzayusuf Mirzamaxmudovich Musaxanov (1943)
tavalludining 75 yilligi.
10 sentabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
san’at arbobi Rahmat Fayziy (1918-1988) tavalludining 100 yilligi.
11 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, etnograf, tilshunos, eronshunos olim Mixail Stepanovich
Andreev (1873-1948) tavalludining 145 yilligi.
13 sentabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat
mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).
13 sentabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyogar olim,
texnika fanlari doktori, professor Fuat Husainovich Tojiev (1913-2001)
tavalludining 105 yilligi.
14 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, ortoped-travmatolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Odil Sharipovich
Shokirov (1908-1986) tavalludining 110 yilligi.
16 sentabr – Bahouddin Naqshband kuni (1993).
16 sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995).
16 sentabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, tarixchi,
sharqshunos olim Aleksandr Aleksandrovich Semyonov (1873-1958) tavalludining
145 yilligi
17 sentabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan zootexnik, seleksioner olim Petr Filipovich Kiyatkin (1898-1979)
tavalludining 120 yilligi.
18 sentabr – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘lgan
kun (1993).
21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni.
22(23) sentabr – Kuzgi teng-kunlik “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh).
22 sentabr – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi, opera xonandasi Vyacheslav Aleksandrovich Grinchenko (1938-1998)
tavalludining 80 yilligi.
22 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, agronom-iqtisodchi, iqtisod fanlari
doktori, professor Aleksandr Sergeevich samutali (1928-2005) tavalludining 90
yilligi
23 sentabr – O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
fan arbobi, zoolog, fitogelmintolog olim, biologiya fanlari doktori, professor Ahror
To‘laganovich To‘laganov (1908-1990) tavalludining 110 yilligi.
24 sentabr – Adabiyotshunos olim, pedagog, filologiya fanlari doktori,
professor O‘tkir Shokirov (1938) tavalludining 80 yilligi.
25 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil
etilgan kun (1991).
27 sentabr – Butunjahon turizm kuni.
27 sentabr – O‘zbekiston xalq shoiri, tarjimon Rauf Parfi (Tursunali Parfiev,
1943-2005) tavalludining 75 yilligi.
30 sentabr – Mashinasozlar kuni. (Har yili sentabr oyining oxirgi
yakshanbasida nishonlanadi).
Oktabr
1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).
1 oktabr – Xalqaro musiqa kuni (1980).
1 oktabr – Xalqaro qariyalar kuni (1992).
1 oktabr – Xalqaro shifokorlar kuni (1984). (Har yili oktabr oyining birinchi
dushanbasida nishonlanadi).
1 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
qishloq xo‘jaligi xodimi, agrokimyogar, tuproqshunos olim, qishloq xo‘jaligi fanlari
doktori, professor Jo‘raqul Sattarovich Sattarov (1938) tavalludining 80 yilligi.
2 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, qurilish sohasidagi
olim, texnika fanlari doktori, professor Abbos Boboevich Ashrabov (1913)
tavalludining 105 yilligi.
4 oktabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni.
6 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, san’tshunos
Abdulxay Rashidovich Umarov (1928-2002) tavalludining 90 yilligi.
8 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, tuproqshunos olim Sergey Nikolaevich Rыjov (1903-1981) tavalludining
115 yilligi.
9 oktabr – Butunjahon pochta kuni (1874).
10 oktabr – O‘zbekiston xalq hofizi Alijon Erkaev (1933) tavalludining 85
yilligi.
11 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Marokash Qirolligi bilan o‘zaro
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
12 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, kibernetik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Boris
Anisimovich Bondarenko (1923-2017) tavalludining 95 yilligi.
13 oktabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.
14 oktabr – Xalqaro standartlashtirish kuni (1946).
14 oktabr – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (har yili oktabr oyining ikkinchi
yakshanbasida nishonlanadi).
15 oktabr – O‘zbekiston xalqaro Moliya koorperatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun.
15 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biokimyogar olim
Mark Arnoldovich Rish (1918) tavalludining 100 yilligi.
15 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
iqtisodchi, iqtisodchi olim Saidkarim Ziyodullaev (1913-2003) tavalludining 105
yilligi.
15 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, yozuvchi,
tarjimon Mirzakalon Ismoiliy (1908-1986) tavalludining 110 yilligi.
16 oktabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.
17 oktabr – Xalqaro kambag‘alchilikni bartaraf etish uchun kurashish kuni
(1995)
18 oktabr – Samarqand shahri kuni (1996).
20 oktabr – Xiva kuni.
20 oktabr – Butunjahon osteoparozga qarshi kurashish kuni (1999)
21 oktabr – Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni (har yili oktabr oyining
uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).
21 oktabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonun
qabul qilingan kun (1989).
22 oktabr – Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan kun
(2001).
22 oktabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (har yili oktabr oyining
to‘rtinchi dushanbasida nishonlanadi).
22 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Livan Respublikasi bilan o‘zaro
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1998).
23 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi YuNESKOga a’zo bo‘lgan kun (1993).
24 oktabr – Xalqaro BMT kuni (1947).
25 oktabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashishi kuni.
25 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni.
25 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg,
adabiyotshunos, tarjimon, pedagog Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining
110 yilligi.
25 oktabr – O‘zbekiston xalq artisti, xonanda va aktyor Matyoqub
Rahimovich Rahimov (1918-1993) tavalludining 100 yilligi.
25 oktabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
fan arbobi, adabiyotshunos olim Pirimqul Qodirov (1928-2010) tavalludining 90
yilligi.
28 oktabr – Avtomobil transporti xodimlari kuni (har yili oktabr oyining
oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).
28 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gana Respublikasi bilan o‘zaro
diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993)
31
oktabr –
Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining milliy markazi tuzilgan kun (1996).
Noyabr
1 noyabr – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun
(1991).
1 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, parazitolog-gelmintolog olim Erkin Hamidovich Ergasheva (1933-2004)
tavalludining 85 yilligi.
4 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tashkil
etilganligining (1943) 75 yilligi.
4 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining tarix instituti
tashkil etilganligining (1943) 75 yilligi.
5 noyabr – Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari
namoyishi boshlangan kun (1956).
5 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, geolog olim Aleksandr Sergeevich Uklonskiy (1888-1972) tavalludining
130 yilligi.
7 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Obid Tolipov (1918-1994) tavalludining
100 yilligi.
7 noyabr – Mashhur sayyoh, elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy
(Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Is’hoq Samarqandiy 1413-1482)
tavalludining 605 yilligi.
8 noyabr – Tashqi Ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy va xalqaro
munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi “Jahon axborot agentligi” tashkil etilgan
kun (1994).
8 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, jarroh olim Mixail
Petrovich Postolov (1913-1990) tavalludining 105 yilligi.
10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945).
11 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni (har yili noyabr oyining ikkinchi
yakshanbasida nishonlanadi).
11 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, psixolog olim
Muhammad Gabdulgalimovich Davletshin (1923-2011), tavalludining 95 yilligi.
12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989).
12 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olim
Orif Hakimovich Rasulov (1908-1975) tavalludining 110 yilligi.
13 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim, falsafa fanlari doktori,
professor Jumanazar Bozorboev (1933) tavalludining 85 yilligi.
14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni.
15 noyabr – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-
demokratik” partiyasi ta’sis etilgan kun (2003).
15 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
va texnika arbobi, kimyogar olim Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987)
tavalludining 105 yilligi.
16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni.
16 noyabr – YuNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945 y.)
17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni (1946).
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun
(1991).
18 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi, kinorejissyor Melis Oripovich Abzalov (1938-2016) tavalludining 80 yilligi.
19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli kuchlari artilerriyasi kuni.
20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1959).
21 noyabr – Butunjahon televideniya kuni (1996).
21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).
21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan
kun (1995).
23 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Albaniya Respublikasi o‘rtasida
o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).
23 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, matematik olim, fizika-matematematika fanlari doktori, professor Mahmud
Salhitdinovich Salohitdinov (1933) tavalludining 85 yilligi.
26 noyabr – Paxta bayrami (har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida
nishonlanadi).
Dekabr
1 dekabr – Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)
kasalligiga qarshi kurash kuni.
1 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geolog olim Hosil Nurmatovich Boymuhamedov
(1918-1990) tavalludining 100 yilligi.
3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni
(1993).
3 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir,
jurnalist Sulton Akbariy (Akbarov Sulton, 1923-1997) tavalludining 95 yilligi.
4 dekabr – O‘zbekiston Faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash
“Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).
4
dekabr –
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Madhiyasi
tasdiqlangan kun (1993).
5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni.
5 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, bioximik-genetik olim Jo‘ra Azimboevich Musaev (1928-2014)
tavalludining 90 yilligi.
7 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova (1913-
2003) tavalludining 105 yilligi.
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
(1992).
9 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim Mubindjona Baratovich
Baratov (1933-2005), tavalludining 85 yilligi.
10 dekabr – Inson haq-huquqlari kuni (1948).
10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan
kun (1992).
10 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, nevropatolog olim Nabi Madjidovich Madjidov (1928-2010) tavalludining
90 yilligi.
11 dekabr – YuNISEF-BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun (1946).
11 dekabr – “Toshkent haqiqati” gazetasi chiqa boshlanganining 90 yilligi
(1928) .
12 dekabr – O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tojik
adabiyotshunos olimi Abdulg‘ani Muhammadovich Mirzoev (1908-1985)
tavalludining 110 yilligi.
12 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, biokimyogar-genetik olim Ahmad Pochchaevich Ibrohimov (1928-2008)
tavalludining 90 yilligi.
14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e’lon qilingan
kun (1990).
14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan
kun (1992).
16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga a’zo bo‘lgan kun (1992).
16 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Erkli Vohidovna Malikboeva
(1928) tavalludining 90 yilligi.
18 dekabr – Xalqaro migrantlar kuni (1990)
18 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, tilshunos olim Azim Xodjiev (1933-2012) tavalludining 85 yilligi.
20 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, Qoraqalpog‘istonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, mikrobiolog olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Chorjua
Abdirovich Abdirov (1933-1997) tavalludining 85 yilligi.
20 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, terapevt olim
Nozima Abdullaevna Dehqonxo‘jaeva (1928) tavalludining 90 yilligi.
21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH
1991) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun.
22 dekabr – Energetika xodimlari kuni.
22 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim
Rustam Xakimovich Abdushukurov (1908-1981) tavalludining 110 yilligi.
23 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor va aktyor Najimatdin
Ansatbaev (1943) tavalludining 75 yilligi.
24 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, texnika sohasidagi olim Oqil Umurzoqovich Salimov (1928-2014)
tavalludining 90 yilligi.
24 dekabr – O‘zbekistonda xizmat qo‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq
shoiri, dramaturg Turob To‘la (To‘la Xodjaev, 1918-1990) tavalludining 100 yilligi.
25 dekabr – Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani tashkil etilganining
(1968) 50 yilligi.
25 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani tashkil
etilganining (1968) 50 yilligi.
28 dekabr – Jizzax viloyati tashkil etilganligining (1973) 45 yilligi.
29 dekabr – Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq
Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti saylovi
bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan kun (1991).
29 dekabr – O‘zbekiston FAning muxbir a’zosi, arxeolog va sharqshunos olim
Vasiliy Afanasevich Shishkin (1893-1966) tavalludining 125 yilligi.
29 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, naqqosh, yog‘och
o‘ymakor Tohir To‘xtaxo‘jaev (1918-1976) tavalludining 100 yilligi.
30 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, sharqshunos olim Sabohat
Azimjonovna Azimjanov (1923-2001) tavalludining 95 yilligi.
30 dekabr – O‘zbekiston xalq rassomi, rangtasvir ustasi Abdulhaq
Oqsoqolovich Abdullaev (1918-2001) tavalludining 100 yilligi.
31 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ifeksionist, tibbiyot
sohasidagi olim Hasana Ahmadjanovna Yunusova (1918) tavalludining 100 yilligi.
2018 yilda nishonlanadigan sanalar
O‘rta osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, qomusiy olim Abu Ja’far
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) tavalludining 1235 yilligi.
Fors-tojik shoiri Abu Abdulla Ja’far Rudakiy (858-941) tavalludining 1160
yilligi.
Ulug‘ mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasir Farobiy (873-950) tavalludining
1145 yilligi.
Ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy
(973-1048) tavalludining 1045 yilligi.
Matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir Umar Xayyom
(1048-1131) tavalludining 970 yilligi.
Tasavvuf tariqatining asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179)
tavalludining 915 yilligi.
Xorazmshohlar davlatining so‘ngi hukumdori, mohir sarkarda Jaloliddin
Manguberdi (1198-1231) tavalludining 820 yilligi.
Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389)
tavalludining 700 yilligi.
Falakiyotshunos va riyoziyotchi olim Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn
Muhammad Qushchi Samarqandiy 1403-1474) tavalludining 615 yilligi.
Mashhur sayyoh, elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy (1413-1482)
tavalludining 605 yilligi.
Tarixchi olim Mirxond Muhammad ibn Xovandshoh (1433-1498)
tavalludining 585 yilligi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Xuroson hukumdori va
shoir Husayn Boyqaro (1438-1506) tavalludining 580 yilligi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir
sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavalludining 530 yilligi.
Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Sulaymon Fuzuliy (1498-1566)
tavalludining 515 yilligi.
Turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli (1733-1791) tavalludining 280
yilligi.
Shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot Munis Xorazmiy (1778-1829) tavalludining
235 yilligi.
O‘zbek shoiri Zavqiy (Ubaydullo Solih o‘g‘li 1853-1921) tavalludining 160
yilligi.
O‘zbek shoiri Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat (1858-1909)
tavalludining 155 yilligi.
O‘zbek dostonchisi Saidmurod Panoh o‘g‘li (1858-1945) tavalludining 155
yilligi.
O‘zbek xalq shoiri, dostonchi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937)
tavalludining 145 yilligi.
Siyosat va ma’rifat arbobi Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931)
tavalludining 135 yilligi.
Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) tavalludining 135
yilligi.
O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,
geolog olim Aleksandr Sergeevich Uklonskiy (1888-1972) tavalludining 130 yilligi.
O‘zbek kino san’atining asoschisi, ilk o‘zbek kino aktyori, kinorejissyor
Sulaymon Xo‘jaev (1893-1937) tavalludining 125 yilligi.
Shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi Cho‘lpon
(Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov 1898-1938) tavalludining 120 yilligi.
O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 115 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, shoir, dramaturg, pedagog
Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining 110 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Malik
Nabievich Nabiev (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olima Xadicha
Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 105 yilligi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf, olim Rasulov Hasan
G‘ofurovich (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.
O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna
raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboeva (1913-1978) tavalludining 105 yilligi.
O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova (1913-2003)
tavalludining 105 yilligi.
24 комментария к “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalar taqvimi”
Обсуждение закрыто.