Muvaffaqiyatga erishishga to‘sqinlik qiluvchi uchta qo‘rquv

DO`STLARGA ULASHING:

Notanish holatlardan qo‘rqish. Miya bizni xavfdan himoya qilish uchun bexavotir doiradan chiqishimizga imkon bermaydi. Shu tufayli biz ongli ravishda noma’lumlikdan qo‘rqamiz.

Lekin hech kim harakat qilmasdan turib biror narsaga erisha olmaydi. Oldinga harakatlanib, o‘zingizga notanish narsalarga, holatlarga duch kelib borasiz. Bu sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish. Bu insonning olg‘a harakatlanishiga to‘sqinlik qiluvchi eng asosiy omillardan biri. Biz muvaffaqiyatga intilish yo‘lida o‘zimizda bor narsalarni ham yo‘qotishdan qo‘rqamiz.

Muvaffaqiyatsizlik – muvaffaqiyatga olib boruvchi navbatdagi pog‘ona. Uni bosib o‘tmasdan turib ko‘zlagan manzilingizga yetib borishingiz dargumon. Agar siz imkoniyatlarni qo‘ldan boy bersangiz maqsadingizga yeta olmaysiz.

Shuning uchun muvaffaqiyatsizlikni yangi ko‘nikma va tajriba olish uchun imkoniyat sifatida qabul qilishingiz kerak.

Muvaffaqiyatdan qo‘rqish. Bu gap g‘alati tuyulishi mumkin, lekin ba’zi odamlar aynan shundan qo‘rqadi. Ba’zan biz biror vazifani bajarishga qodir ekanimizni bilamiz, ammo uni bajarmaymiz. Chunki boshqalarning muvaffaqiyatimiz haqidagi tasavvuri bizga bosim o‘tkazadi. Oila a’zolarimiz yoki do‘stlarimiz bizdan ma’lum harakat va natijalarni kutadi. Oqibatda bizda “ular kutgandek natijaga erisha olarmikinman” degan qo‘rquv paydo bo‘ladi.

Yon atrofdagilarning bosimi haqida o‘ylamang va diqqat markazida bo‘lishdan qo‘rqmang. Faqat shular orqaligina qo‘yilgan maqsadga yetishish mumkinligini unutmang.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/muvaffaqiyatga-erishishga-tosqinlik-qiluvchi-uchta-qorquv/

Оставьте комментарий