Jigar uchun foydali mahsulotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Sariq rangdagi har qanday sabzavot, xususan oshqovoq jigar kasalliklarini davolashda foyda beruvchi mahsulot hisoblanadi. Uning tarkibidagi kamyob T vitamini yog‘li va qovurilgan ovqatlarni oson hazm qilishda yordam beradi.
Shuningdek, oshqovoq urug‘lari ham jigarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular safro haydash xususiyatiga ega. Kuniga 30–40 grammdan oshqovoq mag‘zini iste’mol qilish jigar faoliyatini yaxshilaydi va hujayralar tiklanishiga yordam beradi.
Jigar uchun eng foydali mahsulotlardan yana biri – o‘rik turshagi. Uning tarkibidagi sellyuloza organizmni to‘plangan barcha “chiqindi”lardan tozalaydi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida o‘rik turshagini tez-tez iste’mol qilib turish jigar saratonining oldini olishga xizmat qilishi aniqlandi. Turshakni ba’zi ovqatlarga qo‘shib pishirish yoki sharbat tayyorlab ichish ham mumkin.
Surunkali jigar kasalliklarida birinchi o‘rinda sut mahsulotlari tavsiya etiladi. Sut achituvchi bakteriyalar organizmdan zaharli moddalarni haydab chiqaradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Оставьте комментарий