Niqoblardan to’g’ri foydalanish

DO`STLARGA ULASHING:

Ba’zan yuzimizga ishtaha bilan qo’ygan niqobimiz yaxshi natija bermasa, hafsalamiz pir bo’ladi. Hattoki, buni tavsiya qilgan odamdan ranjib ham qo’yamiz. Lekin, bilmaymizki, niqoblardan foydalanishni ham o’z tartib-qoidalari mavjud. Ularni hisobga olgan holda yuzimizni parvarish qilsak, niqoblar biz kutgan natijani beradi.

— Niqob to’g’ri tanlanishi, ya’ni yuz terisiga mos kelishi lozim;
— Niqob tarkibidagi mahsulotga allergiya bo’lmasligi kerak;
— Uy sharoitida tayyorlangan niqob faqat 1 martalik bo’lishi kerak;
— Aksariyat niqoblar quyosh nuri ta’siri kamaygan vaqtda, kechki payt qo’yilishi kerak;
— Niqob qo’yishdan oldin yuz terisini tozalash, ya’ni kun davomida yig’ilgan yog’ va changlardan, eski krem, makiyajlardan xalos etish kerak;
— Niqoblarning takrorlanish vaqtiga e’tibor qilish lozim. Ba’zilarini har kuni qo’yish mumkin, ba’zilarini esa haftada bir marta.

Qanday hollarda niqoblar foyda bermaydi?

— Turmush tarzingizda osoyishtalik, xotirjamlik bo’lgan vaqtdagina niqoblardan foydalaning. Asab buzilganda qo’yilgan niqob foyda bermaydi.
— Muntazamlikka ham e’tibor qiling. Har bir niqobning o’z davriyligi bor. 1 marta qo’yib, keyin boshqa niqobga o’tish yoki buni 2-3 haftaga unutib yuborish ham noto’g’ri.

Yana bir narsani aytib o’tishimiz kerak. Yuz parvarishida faqatgina niqoblarga tayanib qolmaslik kerak. Bunga kompleks yondashish lozim. Shunda yuz terimiz yanada chiroyli va mayin bo’ladi.

Оставьте комментарий