Notebook qattiq qizisa yoki o’chib qolaversa nima qilish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Notebook qattiq qizisa yoki o’chib qolaversa nima qilish kerak?
Notebook odatda, qattiq qizishi natijasida o’chib qoladi. Bu holat o’zini-o’zi himoyalash funksiyasi asosida amalga oshadi. Bu hususiyat, ya’ni qattiq qiziganda o’zidan o’zi ochib qolish, zamonaviy, sifatli texnikalarda bo’ladi. Bu orqali texnika tashkil etuvchilari, erib ketishdan saqlanilinadi.
Hattoki, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari(ЦОД)dagi serverlarda ham shu hususiyat mavjud, demak bu normal va to’g’ri o’ylangan texnologiya.
Notebook nima sababdan qiziydi?
Savolga javob bitta, ishlash intensivligi oshishi bilan qizishni boshlaydi, bu intensivlik qachon oshadi? qachonki notebookka yuklama tushsa. Odatda, quyidagi hollarda qattiq yuklama tushishni boshlaydi:
● Ko’p resurs talab qiladigan o’yinlar o’ynaganda.
● Qattiq disk yuklama bilan ishlaganda, misol uchun torrent texnologiyasida, ham ko’chirish, ham tarqatish rejimi ishlaganda(HDD qiziydi yaxshigina).
● Virus biror resursni(protsessor, tezkor xotira) 90-100% ishlatishni boshlaganda.
● Issiq honalarda foydalanilganda(ayniqsa hozirgi paytda, notebookka biroz yuklama bersangiz qizishni boshlaydi).
Notebook ixcham ishlab chiqarilganligi sababli, sovutish tizimiga sharoit qilib bermasangiz, u qiynaladi. Bu texnikada sovutishda asosiy rolni ventilyator va notebook cheti va quyi qismidagi tirqishlar bajaradi. Tirqishlar orqali ventilyator haydayotgan issuq havo chiqib ketadi.
Demak, sovutish tizimi qanday ishlashini bilib oldik, endi bu tizim to’g’ri ishlashiga sharoit qilib beramiz.
1. Hech qachon notebookni yumshoq tekislikka quymang(yostiq, ko’rpa), bu orqali siz qurilmani quyi qismida joylashgan teshiklarni yopib quyasiz. Agar yotvolib film tomosha qilgingiz kelsa, krovatlar uchun mo’ljallangan maxsus moslama sotib oling(rasmi quyida ko’rsatilgan).
2. Ventiyator va notebook ichki qismini changlardan tozalab turing. Bu muammoli ish emas, ehtiyotkorlik bilan ichini ochasiz va birror mato bilan artib chiqasiz yoki kam quvvatli ventilyatordan foydalanishingiz mumkin.
3. Ventilyator ovoziga ahamiyat bering, agar juda qattiq va g’alati ovoz chiqarsa, uning biror qismi sinib qolgan bo’lishi ham mumkin. Uni yamashga harakat qilmang, albatta almashtiring.
4. Agar ventilyator shovqin bilan ishlasa va hech qayeri sinmagan bo’lsa, unda ventilyator parraklarini aylantiradigan podshevnikni moylash zarur, bu ham o’zingizning qo’lingizdan keladi(lekin ba’zi ventilyatorlarning ichi ochilmaydi, bir marttalik bo’ladi).
5. Iloji bo’lsa, protsessordagi termopasta(issuqlik o’tkazuvchi qorishma)ni yilda 1marotaba almasahtirib turing.
Asosiy ahamiyat beradigan narsalar shular, texnikangizga qancha ko’p e’tibor bersangiz u shuncha uzoq vaqt sizga xizmat qiladi.
☝️Agar mablag’ingiz bo’lsa, notebookni sovutish uchun mo’ljallangan «подставки-вентилятора»dan foydalaning.

Оставьте комментарий