Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligi aytildi

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️⚡️Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligi aytildi
❗️Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshligʻi Farhod Mirzayev oliy taʼlim muassasalarilarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qildi.
?Maʼlum qilinishicha, kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
?“Unifikatsiya boʻyicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yoʻlga qoʻyamiz. Masalan, toʻrtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda oʻtkazish masalasi koʻriladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi”, — dedi Farhod Mirzayev.
?Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Abdusamad Mamanazarov ijodiy imtihonlar topshiriladigan yoʻnalishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
ijodiy imtihonlar OTMda oʻtkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari oʻrnatiladi;
?jurnalistika yoʻnalishlarida faqat ijodiy imtihon nazarda tutilmagan, yaʼni 2 ta taʼlim yoʻnalishiga xos va 3 ta majburiy fanlardan test imtihonlari tashkil etiladi;
faqat pedagogik taʼlim yoʻnalishlariga ijodiy (kasbiy) imtihonlari bilan birgalikda 3 ta majburiy fandan imtihon oʻtkazilishi belgilangan;
baholash mezonlariga koʻra barcha shakldagi imtihonlarda eng yuqori ball 280,5 etib belgilangan.
? Barcha abituriyentlarga ulashing!

1 комментарий к “Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligi aytildi”

Оставьте комментарий