Savol: Magistratura imtihonlari onlayn bo’ladimi yoki offlayn?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Magistratura imtihonlari onlayn bo’ladimi yoki offlayn?

Javob: Ikkisi ham. Mutaxassislik fan tanlagan OTM belgilagan joyda, chet tili imtihoni DTM tomonidan masofaviy tashkil qilinadi.
Masalan Jahon tillariga topshirgan bo’lsangiz Toshkentga borishingiz kerak degani. Andijon Davlat Universitetiga Buxorodan turib topshirolmaysiz. Andijonga kelishingiz kerak. Chet tili imtihoni uchun esa o’zingizning viloyatingizda topshirishingiz mumkin.

Savol: Magistratura imtihoni qay shaklda bo’ladi?
Javob: 1-fan (mutaxassislik bo’yicha) qanday shaklda bo’lishini OTM hal qiladi. Test, yozma yoki CEFR ko’rinishida bo’lishi mumkin. 2- fan (chet tili) kompyuterda test shaklida bo’ladi.