Ortiqcha vazn va qorindagi yogʼlardan qutilishning samarali 7 usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Limfatik drenaj massajining 7 ta oddiy harakati, bu sizni tarozidagi xazinali raqamlarga yaqinlashtiradi. Bu haqida mutaxassislar tavsiyalariga asoslanib АDME.ru xabar bermoqda.
Bizning limfa tizimimiz har soniyada tanadagi hayotiy elementlarni: suv, minerallar, aminokislotalar, metabolik mahsulotlarni tashiydi. Аgar bu jarayonda biron bir jarayon notoʼgʼri boʼlsa, tananing shishishi, koʼkarishlar, toshmalar va boshqa jarohatlar bilan javob beradi.
Jismoniy mashqlar va massaj limfa tizimining soat kabi ishlashiga va tananing sogʼlom va nozik boʼlishiga yordam beradi. АdMe.ru ijodkorlari karantin davrida limfa qon aylanishini yaxshilaydigan kompakt kompleksni tanladik, bu sizning sogʼligingiz yaxshilanishini va vazningiz kamayishiga yordam beradi.
Mashqlarni ertalab, uygʼonganingizdan keyin bajarish tavsiya etiladi va bu oʼz samarasini beradi. Biz qoʼshimchasiga limfaga taʼsir qilishi va terini goʼzal qilish uchun yana qanday usullar mavjudligini soʼzlab beramiz. Demak tayyormizmi? Unda ketdik.
1. Boʼyinning lateral yuzasi
Ikkala qoʼlning kaftlarini boʼyningizga, quloq ostiga qoʼying. Yengil bosib, yuqoridan pastgacha, boʼyinning tagiga yetib boruvchi harakatlar qiling. Ogʼriqli joylarda sekinlashtiring. Ushbu harakatni 10 marotaba takrorlang!
2. Boʼyin va boʼyin orti yuzasi.
Ikkala qoʼlning kaftlarini boshning orqa tomoniga qoʼying. Bosish paytida yuqoridan pastgacha yelkalarga qadar harakatlarni bajaring. Qoʼlingizni boʼyningizning old tomoniga siljiting va harakatni takrorlang. Ushbu harakatni 10 marotaba takrorlang!
3. Qoʼltiqlar.
Chap qoʼlingizni koʼtaring, uni qulay holatda ushlang. Oʼng qoʼlning barmoqlari chap qoʼlning qoʼltiq qismiga qoʼyiladi. Terini yuqoriga va iyagga torting.
Ushbu holatni har bir qoʼl uchun 5-10 marotaba takrorlang
4. Biqin.
Ikki barmoq bilan biqin atrofidagi terini torting. Yumshoq va yugurma harakatlar bilan qoʼltiq tomon yuqoriga qarab harakatlaning.
Ushbu holatni tananing har ikki tomoniga 3 tadan 10 marotaba takrorlang!
5. Qorin.
Qorin mushaklarini boʼshashtiring. Barmoqlaringiz uchini oshqozoningizga qoʼying. Koʼkrak tomon yengil bosim bilan harakatlarni bajaring. Keyin oshqozoningizni dumaloq harakatlar bilan massaj qiling.
Ushbu holatni 10 marotaba takrorlang!
6. Boldir.
Oyogʼingizni baland koʼtarilgan birorta buyum ustiga joylashtiring. Oyogʼingizni boldir qismini qoʼllaringiz bilan ushlang va oyoqning pastki qismi suyakdan boshlab, pastdan tizzagacha massaj harakatlarini bajaring.
Ushbu holatni har oyogʼida 10 martadan takrorlang!
7. Son
Qoʼlingiz bilan tizzaning ostidagi joyni ushlang. Terini choʼzish, tizza yuqorisiga harakat qiling. Ushbu holatni har oyogʼingiz uchun 10 marotaba takrorlang!
Bonus harakatlar.
Choʼtkali massaj terining tonusini saqlash va limfa tizimini ragʼbatlantirishning samarali usullaridan biridir. Dushga borishdan oldin quruq terida amalga oshiriladi.
Tabiiy choʼtkalar bilan choʼtkadan foydalaning, tirnalmaslik uchun terini juda qattiq surmang. Harakatlar oyoqdan boshlab limfa oqimi boʼylab amalga oshiriladi.
Limfatik drenaj massajini oʼtkazishga harakat qildingizmi? Effektni sezdingizmi?
Nozimjon Yusupov tayyorladi

3 комментария к “Ortiqcha vazn va qorindagi yogʼlardan qutilishning samarali 7 usuli”

  1. Пингбэк: Crawley escorts

  2. Пингбэк: nova88

  3. Пингбэк: สล็อตวอเลท

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek