OTMlarda sirtqi taʼlim shaklida qanday oʻzgarishlar boʻladi ?

DO`STLARGA ULASHING:

OTMlarda sirtqi taʼlim shaklida qanday oʻzgarishlar boʻladi ?
📃 2021/2022 oʻquv yilida Umumtaʼlim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli boʻyicha alohida qabul parametrlari ajratiladi.
✅ Pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMda “5520100 – Ijtimoiy ish ” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun sirtqi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.
✅ Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida maxsus sirtqi taʼlim tashkil etiladi.
✅ Respublika OTMning “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi” hamda “5410500-Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga qabul bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Оставьте комментарий